Baholash mezonlari: 1. Berilgan savollarga aniq, asosli javob berish.
2. Berilgan javob va tushunchalar mazmuning to’g’riligi.
3. Tushunchaning aniq ta’rifini berish.
4. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
5. Mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
6. O’zbekcha matnni ruscha va inglizcha ta’rifini to’g’ri tarjimasi yozilganligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar: Qodirov I.Q. Odam anatomiyasi. Lotin.Toshkent. “Universitet”. 2007, 193-206 betlar.
I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi” T. “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”.1998y (INV-2-tom-6463, INV-2-tom-6300).
MUSTAQIL TA’LIM № 7.
Mavzu № 7. QON TOMIRLAR VA YURAKNING TUZILISHI. Ishning maqsadi: “Qon tomirlar va yurakning tuzilishi” mavzusi bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirishdan iborat.
Topshiriq shakli: ta’rif berish va keys tayyorlash.
Bajarish vaqti: 10 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 7 1-Topshiriq. “Odam anatomiyasi” darsligining mavzuga bagʻishlangan boʻlimini oʻqib chiqib, qon tomirlari va yurakka tavsif yozish.
Tavsif yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Tavsif yozishdanmaqsadni aniqlash.
2. Matnning asosiy semantik qismlarini ajratib ko‘rsatish.
3. Mavzuning xususiyatlari, o’ziga xosliklarini yoritib berish.
4. Tushuntirishni talab qiladigan tushunchalarni ajratib ko‘rsatish.
5. O’rganilayotgan materialning muhim jihatlarini izchil va qisqacha bayon qilish.
6. Asosiy qoidalar bo'yicha xulosalar, aniq faktlar va misollar tavsifga kiritilishi lozim.
7. Mazmunni vizual aks ettirish usullaridan foydalanish (tagiga chizishning turli usullari, turli rangdagi qalamlar).
8. Iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish.