Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar: Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi: 1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.
Matn-konspekt nima va u qanday yoziladi? -Reja, ko‘chirib olingan matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
- ifodaning ichki mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
Matn-konspekt yozishda nimalarga e’tibor qaratish muhim? -NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 6. 2-Topshiriq. Glossariy tuzish (O’zbek, rus va ingliz tilida).
Tushunchalar glossariysini tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1) mavzuni diqqat bilan o'qish;
2) eng keng tarqalgan tushunchalarni aniqlash;
3) umumiy mavzu bilan birlashtirilgan tushunchalar ro'yxatini tuzish
4) tushunchalarni alifbo tartibida joylashtirish;
5) tayanch tushunchalarga izoh yozish:
- tushunchaning aniq ta’rifini berish;
- tushunchaning ma'nosini kengaytirish.
6) O’zbekcha matnnini ruscha va inglizcha ta’rifini yozish.