Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 7.
2-Topshiriq. “Yurak tuzilishi” bo’yicha keys tayyorlash.
Keys tuzish bo’yicha metodik tavsiyalar:
1. Keysning mohiyati va uni qo’llash shartlari bilan tanishib chiqish.
2. Muammoni taqdim etish (muammoli vaziyat).
3. Keys savollarini tuzish va savollariga javob topishga harakat qilish.
4. Muammo bo’yicha ikkinchi darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash.
5. Tadqiqot metodini tanlash va vaziyatni tahlil qilish.
6. Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o’rganish.
7. Muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash.
8. Keys yechimni asoslash va bayon etish.
Baholash mezonlari:
1. Tavsifning to’g’ri va to’liqligi
2. Mavzuning xususiyatlari va o’ziga xosliklarining yoritib berilganligi.
3. Keys yuzasidan muammoning to’g’ri shakllantirilganligi
4. Keys yechimning asoslanganligi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Qodirov I.Q. Odam anatomiyasi. Lotin.Toshkent. “Universitet”. 2007, 207-234 betlar.
I.K.Axmedov “Atlas odam anatomiyasi” T. “Uzb. Milliy ensiklopediyasi”.1998y ( INV-2-tom-6463, INV-2-tom-6300).
MUSTAQIL TA’LIM № 8.
Mavzu № 8. ASAB TIZIMI FILOGENEZI VA TUZILISHI
Ishning maqsadi: “Asab tizimi filogenezi va tuzilishi” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: konspektlashtirish va mavzuga oid savollarga javob yozish.
Bajarish vaqti: 10 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 8
1-Topshiriq. Asab tizimining yoshga xos hususiyatlariga oid konspekt yozish.
Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |