Bemor bilan munosabatda so’z orqali (verbal) va so’z yordamisiz (noverbal) muloqot ko’nikmalari mavjud.So’z orqali muloqot (verbal muloqot) o’zaro munosabatning asosiy ko’rinishidir ,bunda
quyidagilarga rioya qilishlik maqsadga muvofiq:
-Tushunarli tarzda so’zlang;
-So’z oxangingiz bosiq va mayin bo’lsin;
-O’rinsiz savollar bilan bemor g’ashini keltirmang;
-Zarurat bo’lganda bemorga tegishli mutaxassisni tavsiya eting;
-Bemorga zarurat paydo bo’lganda o’z telefon raqamlaringizni bering va telefon orqali so’zlashuvdan qochmang - bemorga tekshiruv natijalarini muntazam ravishda aytib turing;
-Punktual bo’ling (punctual (fransuzchadan) - nuqta ya'ni aniq saramjon sarishta va'dasini vaqtida bajaruvchi).
-Qabul vaqtiga kech qolsangiz bu xaqda telefon orqali ogoxlantiring;
-Davo ijobiy natija bermasa kerakli mutaxassisga yuboring;
-Zarur bo’lsa shifoxona (stasionar) da davolanish ni qat'iyan talab qiling.
Muloqotning ikkinchi kurinishi noverbaldir ya'ni so’z yordamisiz muloqot. Bunday muloqot asosan xatti- xarakat , imo -ishoralar bilan yuzaga keladi. Bunda:
-Mimikalarga ayniqsa noxush tuyg’uni ifodalovchi mimikalarga e'tibor qiling va ularni nazorat qiling;
-Vaziyat taqozosidan kelib chiqib eng ma'qul masofada turing;
-Gavdangizni bemorni tekshirish uchun va u bilan suxbatlashishga qulay xolatda tuting (kasalliklarning spesifik xususiyatlarini e'tiborga olgan xolda) juda uzoq masofada muloqot qilmang;
-Suxbat vaqtida erkinlik yarating, bemorni diqqat bilan tinglang, savollar va muloxazalar bilan chalg’itmang, shoshilmang;
-Bemordan nigoxingizni (ko’zlaringizni) olib qochmang;