4.2 Analitik qism
1. 50 yoshdagi to‘ladan kelgan ayol UASh qabuliga o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi o‘ng kurak ostiga uzatiluvchi kuchli og‘riqga va bir martta qayd qilishga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: stenokardiya xurujlari va oxirgi 5 yilda AQB ni oshishi. Tana xarorati 37,8 S. YuUS-110 ta/min. AQB 120/80 mm sim. ust. Ko‘rikda: ko‘krak qafasini o‘ng tomonida nafas olish yuzaki (susaygan nafas), paypaslaganda shu soxa keskin og‘riqli. Qo‘shimcha surishtirilganda axlat rangi oqargani aniqlandi.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;
-
Axlatni oqarganligini xisobga olgan xolda qaysi qonning bioximik ko‘rsatgichlarini o‘tkazish kerak va shu ko‘rsatgichlarni normadagi miqdori (raqamlarda ko‘rsatilsin);
-
Tashxis qo‘yishda axamiyati katta bo‘lgan tekshiruv usullari;
-
UASh taktikasi. Davolash.
__________________________________________________________________
2. 52 yoshli bemor UASh qabuliga oxirgi 2 xafta davomida tana xarorati ko‘tarilishi qaltirashga, o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi keskin og‘riqlarga va skleralari sarg‘ayishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: oxirgi 4 yil mobaynida o‘ng qovurg‘a yoyi ostida davriy og‘riqlar va xarorat ko‘tarilishi kuzatilgan. Obektiv ko‘rikda skleralar sariqligi va jigar kattalashgani aniqlandi. Boshqa a’zolarda o‘zgarishlar topilmadi.
UQT: Nv-110 g/l; leyk.-11,5x109/l; p/ya-11%; s/ya-68%; limf.-15; mon-6%, EChT-48 mm/s.
Qon bioximik tekshiruvida bilirubin va xolesterin oshganligi aniqlandi.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;
-
Laborator-instrumental tekshirishlardan qanday natijalar kutilmoqda;
-
UASh taktikasi va davolash tamoyillari (nomedikamentoz va medikamentoz davolashni dorilarni nomi va dozasini ko‘rsatgan xolda to‘liq tasvirlang).
__________________________________________________________________
3. 32 yoshli ayol UAShga quyidagi shikoyatlar bilan murojat qildi: qorin yuqori qismida belbog‘simon kuchli og‘riqlarga. Og‘riqlar yog‘li ovqat qabul qilish bilan bog‘liq va ko‘pincha qayd qilish va o‘zgargan axlat bilan namoyon bo‘ladi. Anamnezidan bemor ovqatni ko‘pincha muzlatgichdan olib yeyishi ma’lum bo‘ldi. Obektiv ko‘rikda Shoffar zonasi va Dejarden nuqtalarida og‘riqlar kuzatildi. Ich kelishi ich qotishi bilan almashmoqda.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;
-
Shoffara zonasi va Dejardena nuqtasi joylashgan joyini to‘liq aytib bering;
-
Tashxis qo‘yishda kerakli tekshiruvlar va laborator-instrumental tekshirishlardan qanday natijalar kutilmoqda;
-
UASh taktikasi va davolash.
__________________________________________________________________
4. 18 yoshli bemor UAShga o‘ng kurak va yelkaga uzatiluvchi o‘ng qovurg‘a ostidagi to‘lg‘oqsimon kuchli, kuniga bir necha martta 10-15 daqiqagacha davom etuvchi og‘riqlarga, terlash, yurak urib ketishi, umumiy xolsizlik, ta’sirchanlikka shikoyat qilib keldi. Obektiv: bemor umumiy axvoli nisbatan qoniqarli. Tana xarorati normal. Terisi odatdagi rangda. Yurak va o‘pka o‘zgarishsiz. AQB 90/60 mm.sm.ust. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Jigar kattalashmagan. Ich kelishi va siyish bUTTlmagan. UQT va qon bioximik tekshiruvlarida patologiya aniqlanmadi.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Tashxisni oydinlashtirish uchun kerak bo‘ladigan qo‘shimcha tekshiruvlar;
-
Tashxis qo‘yishda asosiy rol o‘ynaydigan tekshiruv va unda nima aniqlanadi;
-
UASh taktikasi va davolash tamoyillari (nomedikamentoz va medikamentoz davolashni dorilarni nomi va dozasini ko‘rsatgan xolda to‘liq tasvirlang).
__________________________________________________________________
6. O. ismli bemor, 40 yosh, UAShga o‘ng kurakka uzatiluvchi, yog‘li ovqatlar iste’molidan keyin paydo bo‘luvchi o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘riqlarga, og‘izda achchiq ta’m, davriy o‘t bilan qayt qilish, tana xaroratini 37,4 S gacha ko‘tarilishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: yuqoridagi shikoyatlari oxirgi 4 yildan beri bezovta qiladi. Obektiv: umumiy axvoli qoniqarli, t –37,1 S., bemor ortiqcha tana vaznga ega. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 88 /daq. AQB – 130/70 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti og‘riqli. Ortner, frenikus belgilari o‘ng tomonda musbat. Jigar va taloq kattalashmagan. Ichi qotib kelishga moyil. AST – 0,7 mmol/l., ALT – 0,4 mkmol/l., um. bilirubin – 20 mkmol/l.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 4 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Informativ tekshiruv usullari
-
UASh taktikasi
____________________________________________________________________________
7. V ismli bemor, 30 yosh, UAShga og‘izda achchiq ta’m, o‘ng qovurg‘a yoyi ostida to‘lg‘oqsimon og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: yoshligidan surunkali gastrit bilan og‘riydi. Yuqoridagi shikoyatlari 2 oy avval boshlangan bo‘lib, asabiy stresslar bilan bog‘laydi. Obektiv: umumiy axvoli yaxshi, t –36,6 S. O‘pkada vezikulyar nafas. Cor – tonlari aniq, ritmik. Puls 80 ta/daq. AQB –115/70 mm.sm.ust. Qorin yumshoq, o‘t qopi proeksiyasi ta’sirchan. Jigar va taloq kattalashmagan. Ichi qotib kelishga moyil. UTT tekshiruvida o‘t qopi o‘lchami normada.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 3 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Informativ tekshiruv usullari
-
Fraksion duodenal zondlashda bemorda qanday o‘zgarishlar topiladi
-
UASh taktikasi;
________________________________________________________________________
8. 52 yoshli bemor UAShga ko‘ngil aynashi, vaqti vaqti bilan qayt qilish, 10-15 martagacha ich ketishi (axlat suyuq, unitazdan qiyin yuviladi), epigastral soxasida belbog‘simon og‘riqlarga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: uzoq yildan beri alkogolizm bilan og‘riydi, davriy ravishda belga uzatiluvchi qorin soxasida og‘riqlar bezovta qiladi. Obektiv: bemor ozib ketgan, terisi quruq, qipiqlanadi. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 85 ta/daq. AQB –120/70 mm.sm.ust. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, o‘ng qovurg‘a yoyi osti va epigastral soxa og‘riqli. Jigar +1sm, Taloq kattalashmagan. Frenikus simptomi chapda musbat
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 5 ta kasallikni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis;
-
Informativ tekshiruv usullari;
-
Bemor axlatida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi
-
UASh taktikasi
______________________________________________________________
9. 42 yoshli bemor UAShga ovqat qabul qilgandan keyin epigastral soxadagi kuchli belbog‘smon og‘riqga, yengillik olip kelmaydigan ko‘p marta qayd qilishga shikoyat qilib keldi. Anamnezdan: 10 yildan beri yara kasalligi bilan og‘riydi, ovqatlanishdan keyin davriy og‘riqlar kuzatilgan, oxirgi paytlarda og‘riq xarakteri o‘zgargan va yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘lgan. Obektiv: umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda, ozg‘in, skleralar subikterik. Cor – tonlari bo‘g‘iqlashgan, ritmik. Puls 80 ta. AQB–125/70. O‘pkada vezikulyar nafas. Qorin yumshoq, yuqori qismi taranglashgan. Jigar, taloq kattalashmagan. Frenikus simptomi chapda musbat. UQT – Nv- 120 g/l, leykotsitы 10 ming, EChT 20 mm/s.
-
Yuqoridagi simptomlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan 3 ta kasallik va 2 ta asoratni sanab bering;
-
Taxminiy tashxis (asosiy va yondosh);
-
Informativ tekshiruv usullari;
-
UASh taktikasi
Testlar.
1. O‘tkir pankreatit ko‘pincha qo‘shilib keladi:
a) giperatsid gastrit bilan
b) gipersplenizm bilan
v) o‘t-tosh kasalligi bilan
g) oshqozon shilliq qavati metaplaziyasi bilan
d) oshqozon yarasi bilan
2. Sanalganlardan surunkali pankreatitni davolashda qo‘llaniladi, noto‘g‘risini ko‘rsating:
a) surunkali pankreatit avj olgan davrini davolash o‘tkir pankreatitni davolash bilan bir xil
b) parxez qilish kasallik kechishiga ta’sir qilmaydi
v) oshqozon sekresiyasini pasaytiruvchi preparatlar ko‘rsatma xisoblanadi
g) asosan o‘silik moylari ko‘rsatma
d) parxez saqlash
3. O‘tkir pankreatit patogenezida axamiyati yo‘q:
a) o‘tni pankreatik yo‘lga refluksi
b) xujayra membranasini parchalovchi fermentlarini tripsin aktivlashi
v) gemorragik nekroz chaqiruvchi elastazani tripsin ishtirokida aktivlanishi
g) travma va ishemiya natijasida atsinar xujayralar va tomirlar zararlanishi
d) o‘tni 12 barmoq ichakka refluksi
4. Oshqozon osti bezi yetishmovchiligi bor bemorlar koprologiyasida topilmaydi:
a) polifekaliya
b) suyuq va bo‘tqasimon axlat
v) steatoreya
g) amiloreya
d) kreatoreya
5. O‘tkir pankreatitni xarakterli belgisi xisoblanmaydi:
a) gipertoniya
b) epigastriy soxasida belbog‘simon intensiv og‘riqlar
v) yengillik keltirmaydigan qayd qilish
g) gipertermiya
d) meteorizm, ichak parezi
6. O‘tkir pankreatitni davolashda qo‘llash maqsadga muvofiq emas:
a) morfin
b) ochlik va oshqozon shirasini nazogastral zond orqali so‘rib olish
v) spazmolitiklar
g) proteaza ingibitorlari (trasilol, kontrikal)
d) reopoliglyukin, gemodez, elektrolitlar
7. Disbakterioz tashxisini tasdiqlash uchun qilinishi lozim:
a) fibrogastrokolonoskopiya shilliq qavat biopsiyasi bilan
b) axlatni maxsus bakteriologik tekshiruvi
v) duodenal zondlash, o‘tni bakterial floraga ekish bilan
g) serologik tekshiruv
d) immunologik tekshiruv
8. O‘t yo‘llari diskineziyasi qaysi fon kasalliklarda ikkilamchi bo‘lib rivojlanmaydi:
a) jigar sirrozi
b) duodenit va surunkali gastrit
v) o‘t-tosh kasalligi
g) o‘t yo‘llari anomaliyalari
d) oshqozon yara kasalligi
9. Surunkali xolitsistit qo‘zish davriga xos emas:
a) isitma
b) qaltirash
v) o‘ng qovurg‘a yoyi ostidagi og‘riqlar
g) ko‘ngil aynashi va qusish
d) leykotsitoz chapga siljishi bilan
10. Qorin to‘g‘ri muskuli tashqi qirrasi va qovurg‘a yoyi bilan kesishgan joyida lokal og‘riq nimaga xos:
a) xolangitga
b) pankreatitga
v) xolesistitga
g) 12 barmoq ichak yara kasalligiga
d) oshqozon osti bezi boshchasi rakiga
11. O‘tkir xolesistit uchun qaysi tekshiruv qarshi ko‘rsatma bo‘lib xisoblanadi:
a) ichki xolegrafiya
b) duodenal zondlash
v) UTT
g) kompyuter tomografiya
d) magnitli rezonans tomografiyasi
12. Qaysi xollarda surunkali xolitsistitda og‘riq kuzatilmaydi:
a) yog‘li ovqatda
b) muzdak gazli ichimliklar
v) yotoq rejimida uzoq vaqt bo‘lish
g) og‘ir yuk ko‘tarish
d) spirtli ichimliklar qabul qilish
13. Biliar infeksiyani davolashda qo‘llanilmaydi:
a) sulfanilamidlar
b) tetrasiklinlar
v) linkomitsin
g) aminoglikozidlar
d) sefalosporinlar
14. O‘tkir xolesistitda og‘riq sindromini qoldirish uchun qo‘llanilmaydi:
a) metatsin
b) baralgin
v) no-shpa
g) morfin
d) atropin
15. Lyabliyani asosiy yashash muxiti:
a) o‘t qopi
b) ingichga ichak
v) yo‘g‘on ichak
g) jigar ichi o‘t yo‘llari
d) oshqozon
16. O‘t tosh kasalligiga olib kelmaydi:
a) o‘t yo‘llari giperkinetik diskenziyasi
b) o‘t yo‘llari gipokinetik diskenziyasi
v) surunkali xolesistit
g) judayam ko‘p xayvon yog‘ili parxez
d) peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt qabul qilish
17. Vena ichi xolegrafiyasi qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi:
a) xomiladorlikda
b) bilignost va iopagnostti ko‘tara olmaslikda
v) surunkali xolesistit o‘t yo‘llari diskeniziyasi bilan kechganda
g) anamnezida yod preparatlariga allergik reaksiyalar kuzatilganda
d) giperbilirubinemiya 70 mkmol/l va yuqori bo‘lganda
18. Tez-tez kolikalar bilan kechayotgan o‘t-tosh kasalligini konservativ davolashda (bemor jarroxlik amaliyotidan bosh tortganda yoki qarshi ko‘rsatmalar bo‘lganda) nimalar tavsiya qilinadi:
a) xolinolitiklar va spazmolitiklar
b) xolitsistokinetiklar
v) pol-pol damlamasi
g) fizioterapevtik davo
g) duodenal zondlash
№
|
Baxolash
|
alo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarsiz
|
yomon
|
|
O‘zlashtirish %larda
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan past
|
2
|
Vaziyatli masala
|
50-43 ball
|
42,5- 35,5 ball
|
35- 27,5 ball
|
27-18,5__ball__18_ball_____grafik_organayzer'>27-18,5
ball
|
18 ball
|
-
grafik organayzer : VENN diagrammasi
2-3 xil xolatlarni solishtirish, qiyoslash va farqini topish uchun qo‘llaniladi.
Tizimli fikirlash, taqqoslash qobiliyati, taxlil qilish va sintez qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
VENN diagrammasini to‘g‘ri tuzilishi bilan tanishib chiqiladi. Individual / juft bilan diagramma tuziladi va tegmayotgan (X) doiralari to‘ldiriladi.
Juftlarga birlashiladi, o‘zaro diagrammalar solishtiriladi va to‘ldiriladi.
Doiralarni kesishgan joyida 2-3 doiralar (xx/xxx) uchun umumiy deb topilgan ma’lumotlar ro‘yxati tuziladi.
4.3. Amaliy qism
Ushbu tematika bo‘yicha UASh o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar ro‘yxati
-
Qorinda og‘riq bo‘lgan bemorlarni umumiy ko‘rish.
-
Qorinda og‘riq bo‘lgan bemorlar laborator-instrumental tekshiruvlari interpritatsiyasi.
Epi-, mezo- va gipogastral soxalardagi og‘riqlar
№
|
Baxolash
|
alo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarsiz
|
yomon
|
|
O‘zlashtirish %larda
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan past
|
4
|
Amaliy qism
|
15-12,9 ball
|
12,75-10,6 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,5-ball
|
5,4 ball
|
5. Mashg‘ulot, ko‘nikmalar va bilimlarni nazorat qilish shakllari
-
Og‘zaki
-
Yozma
-
Vaziyatli masalalarni yechish
-
O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish qilish
5.1. Talabalarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baxolash mezonlari.
№
|
Baxolash
|
alo
|
yaxshi
|
qoniqarli
|
qoniqarsiz
|
yomon
|
|
O‘zlashtirish %larda
|
100%-86%
|
85%-71%
|
70-55%
|
54%-37%
|
36% va undan past
|
1
|
Nazariy qism
|
20-17,2
ball
|
17-14,2 ball
|
14-11 ball
|
10,8-7,4 ball
|
7,2 ball
|
2
|
Vaziyatli masalalar
|
50-43 ball
|
42,5- 35,5 ball
|
35- 27,5 ball
|
27-18,5
ball
|
18 ball
|
3
|
Test
|
15-12,9ball
|
12,7-10,6 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,5 ball
|
5,4 ball
|
4
|
Amaliy qism
|
15-12,9 ball
|
12,75-10,6 ball
|
10,5-8,25 ball
|
8,1-5,5-ball
|
5,4 ball
|
Dostları ilə paylaş: |