qo‘l bilan tozalash
turli qirg‘ichlar, metall shchyotkalar, silliqlash
qog‘ozlari va boshqalar yordamida bajariladi;
mexanizatsiyalashtirilgan tozalashda
ko‘chma pnevmatik yoki elektr
mashinkalaridan foydalaniladi;
zarra oqimi bilan (pnevmoabraziv) tozalash
zarralar oqimini hosil
qiluvchi apparatlar yordamida bajariladi. Bu xolda yuzasiga metall zarrachalar
yoki boshqa abraziv materiallar bilan ishlov beriladi. Ishlov berish uchun
uchlik diametriga ko‘ra 0,8 – 2,5
mm
o‘lchamli o‘tkir qirrali po‘lat yoki
cho‘yan zarralar qo‘llaniladi. Shuningdek, metall kukuni, maydalangan granit,
korund donlari, shisha shariklar va boshqalar ham ishlatilishi mumkin;
drob purkashli tozalashda
metall droblari rotor parraklari tomonidan
uzatiladi. Bu usul pokovkalarni kuyindilardan tozalashda ishlatiladi;
9
gidroabraziv (gidro qum oqimli) tozalash
maxsus qurilmalar
yordamida kvarsli qum aralashmali suv oqimi yordamida amalga
oshiriladi;
gidrodinamik
tozalash
brandspoytlar
yoki
sonitorli
yuvish
mashinalari yordamida katta bosimli suv (5–15
MPa
) oqimi bilan
bajariladi;
bug‘-suv
oqimli
tozalashda
tozalanayotgan
yuzaga
maxsus
uskunalar yordamida 0,5 – 2,0
MPa
bosim ostida harorati 90-100°C
bo‘lgan bug‘li gidravlik oqim yuboriladi;
galtovkalash
– bu kichik detallarni o‘zaro va to‘ldiruvichlar
(masalan,
abrazivlar)
ta’sirlashishi
yuz
beradigan
aylanuvchi
barabanlarda dastlabki tozalashdir.
Yirik detallar yuzalari silliqlovchi stanoklarda abraziv disklar
yordamida
yoki
ko‘chma
mexanizatsiyalashtirilgan
asboblar
va
pnevmatik zubilolar bilan tozalanadi. Silliq yuza hosil qilish uchun,
masalan galvanik qoplash uchun, detallar silliqlanadi va polirovka
qilinadi.
10
Pnevmotozalash
tozalanayotgan yuzalardan quruq changni havo
oqimi yordamida bartaraf etish uchun qo‘llaniladi. Havo soploli uchlik
orqali uzatiladi. Soplo uchligi oldidagi havo bosimi 0,15-0,5
MPa
(1,5-
5,0
kgs/sm
2
)
bo‘lishi
tavsiya
etiladi.
Tozalash
ishlari
yaxshi
shamollatiladigan maxsus jihozlangan xonalarda amalga oshiriladi.
Ayrim xollarda havo dastlab nam va moydan tozalanadi.
Gidravlik
tozalash
gidrodushli
va
gidrotsirkulyasion
turlarga
bo‘linadi. Gidrodushli tozalash yuvishda ishlatiladigan shchyotkalar
bilan birgalikda amalga oshiriladi va lokomotivlarni tashqi tozalashda
keng
qo‘llaniladi.
Gidrotsirkulyatsion
tozalash
odatda
truba
o‘tkazgichlarni ichki yuzalarini, sovitkich seksiyalari va issiqlik
almashlagichlarni suvli eritmani ma’lum bir bosim ostida majburiy
sirkulyatsiyasi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Qo‘l va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida tozalash
ifloslanish xarakteri mahalliy bo‘lganda detal yuzasidan kuyindi,
oksidlanish, korroziya mahsulotlari, eski bo‘yoq qatlamini bartaraf etish
uchun qo‘llaniladi.
11
Abrazivlar bilan tozalash
detalning ifloslangan yuzasini havo yoki
suyuqlik oqimi bilan bosim ostida yuborilayotgan qattiq yoki yumshoq
abraziv materiallar bilan ishlov berilishidan iboratdir. Abraziv zarralari,
detal yuzasiga zarb bilan urilishida, ifloslangan qatlamni parchalaydi va
ifloslanish zarralari bartaraf etadi.
Yumshoq abraziv materiallarga alyuminiy oksidi kukuni, qattiq
jinsli
yog‘och
payrahalari,
maydalangan
chanak
(turli
mevalar
danaklarining maydalangan qobiqlari), plastmassalar granulalari va
boshqalar kiradi. Yumshoq abrazivlar asosan yupqa ifloslanish
qatlamlari bilan qoplangan elektr izolyatsiyasiga ega uzellar va
duralyuminiy detallarni turli ifloslanishlardan tozalashda qo‘llaniladi.
Qattiq abraziv materiallarga kvarsli qum, sopol va metall zarralari,
noto‘g‘ri ko‘pburchakliklar shaklidagi 0,3-0,8 mm o‘lchamli tozalangan
cho‘yan zarralari kiradi. Qattiq abrazivlar odatda qora metalldan
tayyorlangan detallar yuzalarini kuyindi, korroziya mahsulotlari,
oksidlar va eski bo‘yoqdan tozalashda ishlatiladi
.
12
Fizikaviy-kimyoviy usul
oqimli, ayrim xollarda monitorli yuvish mashinalarida,
qaynatiladigan yuvish vannalarida, ultratovush va elektrolit foydalaniladigan
vannalarda amalga oshiriladi [3].
Tozalashning
fizikaviy-kimyoviy
usullari
turli
suyuqlikli
muhitlar
va
pastalardan foydalanishga asoslangan. Suyuqlikli muhitlar kislotali, ishqorli va
neytral, tarkibiga ko‘ra esa bir yoki ko‘p komponentli bo‘lishi mumkin.
Noorganik suyuqliklardan, asosan lokomotivlarni tashqi tozalash (chang, loy,
boshqa ifloslanishlardan) ko‘pincha suvdan foydalaniladi. Organik erituvchilar –
tiniqlashtirilgan kerosin, benzin, benzol, atseton, uayt-spirit – lokli va smolali
qatlamlarni
bartaraf
etish,
shuningdek
ishqorli
eritmalar
bilan
tozalab
bo‘lmaydigan ifloslanishlarni yoki shu eritmalarni ularning o‘ta faolligi sababli
ishlatib bo‘lmaydigan xollarda tozalash uchun qo‘llaniladi.
Ishqorli tozalash eritmalaridan oddiy ifloslanishlar, moy qatlamlari va
qurumdan tozalashda foydalaniladi. Foydalanilayoigan eritmalar harorati 80-90
°C. Eritma tarkibiga quyidagilar kiradi: parchalovchi komponentlar (ishqorlar,
tuzlar); ko‘pik hosil qiluvchi va tashqi yuza bo‘yicha faol moddalar (PAV) –
suyuq shisha, sulfonal va boshqalar; emulgatorlar (natriy silikat, sovun),
antioksidantlar (natriy nitriti, xrompik). Ular kukunlar ko‘rinishida ishlab
chiqariladi. Eng ko‘p foydalaniladigan sintetik ishqorli yuvish vositalari tarkiblari
15.1-jadvalda keltirilgan.
|