Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

Tiklash
usullari
tasnifi.
Bartaraf
etilayotgan
nuqsonlarning
xarakteriga ko‘ra detallarni tiklash usullari uchta asosiy guruhlarga
bo‘linadi: yedirilgan yuzali detallarni tiklash, qoldiq deformatsiya va
mexanik
shikastlarga ega
detallarni tiklash, korroziyaga
qarshi
qoplamasi shikastlangan detallarni tiklash (15.2-rasm).
Detallarni payvandlash va payvandlab qoplash yo‘li bilan tiklash
.
Payvandlash metallarga ishlov berishning progressiv va yuqori
samaradorlikka ega usuli hisoblanadi. Ta’mirlash ishlab chiqarishida
elektr
yoyli
payvandlash
va
payvandlab
qoplashning
mexanizatsiyalashtirilgan usullari (flyus qatlami ostida avtomatik va
yarimavtomatik payvandlash va payvandlab qoplash, himoya gazlari
muhitida payvandlash, turli muhitlarda vibroyoyli payvandlab qoplash)
bilan bir qatorda turli elektrodlar yordamida qo‘lda payvandlash, shu
jumladan po‘lat, cho‘yan va alyumin qotishmalarni payvandlash keng
qo‘llaniladi. Elektr yoyli usullardan tashqari mashinalar detallarini
tiklashda
gazli,
asosan
atsetilen-kislorodli
payvandlashdan
ham
foydalaniladi.


24


25
Metall elektrod bilan qo‘l payvandi
. Qo‘lda maxsus moslamalar
yordamida bajariladigan elektr yoyli payvandlash o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan tokda amalga oshiriladi. O‘zgarmas tokda payvandlashda
“+” detalga, “-” esa elektrodga (to‘g‘ri qutblilik) yoki aksincha (teskari
qutblilik) ulanishi mumkin.
Payvandlash yoki payvandlab qoplashdan oldin detal kir, moy va
zanglardan tozalanishi kerak. Darzlar chekkalari bo‘yicha parmalanadi.
Detallardagi 8
mm
gacha bo‘lgan darzlar payvandlashdan oldin
ochilmasa ham bo‘ladi, 8
mm
dan katta darzlar payvandlashdan avval
butun chuqurligi bo‘yicha U-simon ariqchalar ochiladi.
Silindrik va konussimon yuzalar o‘q bo‘ylab bo‘ylama valiklar
ko‘rinishida payvandlab qoplanadi, va aylana yoki vintli chiziqlar
bo‘ylab aylana valiklar ko‘rinishida payvandlab qoplanadi. Kichik
diametrli uzun vallarni sheykalarini bo‘ylama valiklar ko‘rinishida
qoplash qulay. Har bir keyingi valik sheykaning qarama-qarshi
tomonidan detal 180° burilgandan so‘ng qoplanadi. Chekka yuzalarni
payvandlab qoplashni markazdan boshlab, konsentrik bajariladi. Sferik
yuzalar ham shu kabi payvandlab qoplanadi.


26
Detallarni flyus ostida avtomatik payvandlab qoplash
.
Avtomatik payvandlab
qoplash deb elektrod simini uzatilishi, payvand yoyini chok bo‘ylab siljishi,
himoyalovchi va legirlovchi materiallarni yoy hududiga uzatilishi avtomatlashtirilgan
payvandlash
jarayoniga
aytiladi.
Avtomatik
payvandlab
qoplashning
qo‘lda
bajariladigan payvandlab qoplashga nisbatan asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
yuqori sifatga erishishning ishonchliligi, texnologik jarayonning stabilligi, ishlab
chiqarish samaradorligining oshishi, mutaxassislar va ishchilarga bo‘lgan malaka
talablarining unchalik yuqori emasligi. Har bir payvandlab qoplash usuli uchun mos
payvandlash rejimi, sim turi va boshqa qoplash materiallari qo‘llaniladi.
Diametri 50 dan 80
mm
gacha bo‘lgan detallarni payvandlab qoplashda AN-348A
flyusidan foydalanish yaxshi natijalar beradi, u quyidagi kimyoviy tarkibga ega:
kremniy oksidi Si0
2
41-44 %; marganets oksidi MnO 34-38 %; ftorli kalsiy SaF
2
3,5-
4,5 % va ba’zi boshqa birikmalar.
30, 40, 45 markali uglerodli po‘latlarni payvandlab qoplashda Np-Z0, Np-40, Np-
65, Np-65, Np-80 markali uglerodli, Np-30XGSA legirlangan simlari ishlatiladi. Bu
simlar bilan AN-348A flyusi ostida eritilgan metall o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra
asosiy metalldan deyarli farq qilmaydi. 35 va 45 markali po‘latlardan tayyorlangan
detallarni payvandlab qoplashda elektrod materiali sifatida Np-40 va Np-50 markali
simlardan foydalanish tavsiya etiladi,ular o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra 35 va 40
markali po‘latga mos keluvchi metall qoplamasi olish imkonini beradi. Payvandlab
qoplangan metallning qattiqligi NV 187 – 192 oralig‘ida bo‘ladi.


27

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin