Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси


Lokomotiv uzellari holatini nazorat qilish tartibi



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

Lokomotiv uzellari holatini nazorat qilish tartibi.
Lokomotivlarni ta’mirlash
davrida detallardagi defektlarni aniqlashda ularni ko‘rikdan o‘tkaziladi, ishchi yuzalar
shakllari va o‘lchamlari tekshiriladi, ularni o‘zaro joylashuvi va detal materali
butunligi nazorat qilinadi.
Tashqi ko‘rik
. Yig‘ish birliklari va detallardagi ko‘rinadigan nuqsonlarni –
chizilishlar, yedirilishlar, pachoqlanishlar, sinishlar, erishlar, kelib chiqishi sabablariga
ko‘ra korrozion va kavitatsion rakovinalar, charchoq sababli kelib chiquvchi
bo‘yalishlar, darzlar va boshqalarni – aniqlash uchun vizual yoki 5-10 karra
kattalashtiruvchi lupalar yordamida ko‘zdan kechiriladi, shuningdek turli optik
asboblar (mikroskoplar, enjoskoplar, periskopik defektoskoplar va hokazo) yordamida
tekshiriladi.
Hozirgi kunda linzali (qattiq) va tolali (egiluvchan) endochkoplar keng
qo‘llanilmoqda, ular yordamida yig‘ish birliklari detallari yuzalaridagi ko‘zdan
kechirish orqali aniqlab bo‘lmaydigan yuqorida sanab o‘tilgan defektlarni aniqlash
mumkin. Endoskoplar yordamida yopiq sohalarga ega (masalan dizelning yonish
kamerasi, turbokompressor, turdi reduktorlarning ichki sohalari)
turli yig‘ish
birliklarining ichki yuzalari holatini tekshirish mumkin. Alohida e’tibor katta harorat
va mexanik yuklanishlar ta’sirida bo‘lgan hududlar joylashgan yuzalarga, shuningdek
konstruktiv va texnologik kuchlanishlar to‘planuvchi hududlarga qaratiladi.


22
Yedirilishlar va deformatsiyalarni o‘lchash
. Yedirilish deb qattiq jism
yuzasidan materialni asta-sekin buzilishi va ajralishi hamda ishqalanish
natijasida yuzaga keluvchi deformatsiya sababli jism shakli va (yoki)
o‘lchamini o‘zgarishi jarayoniga aytiladi. Detallarni yedirilishi –
uzunlik, hajm, og‘irlik va boshqa birliklarda aniqlanadigan yedirilish
natijasidir. Yedirilish ishqalanish yuzalari materiali va sifati, ularning
o‘zaro harakatlanishi xarakteri va tezligi, ishqalanish turi, moylanish
sifati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq.
Detallarni yedirilishi bevosita o‘lchash (mikrometraj) yoki bilvosita
usullar yordamida aniqlanishi mumkin. Bevosita o‘lchashda o‘lcham
shablonlar yordamida va o‘lchanayotgan detal bilan kontaktda bo‘lgan
o‘lchash asbobi ko‘rsatmalariga asosan aniqlanadi. Bilvosita usullarda
esa o‘lcham o‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum bir bog‘lanishga ega
kattalikni o‘lchash va natijani qayta hisoblash orqali aniqlanadi.
Detallar yedirilishini mikrometraj yo‘li bilan aniqlashda ob’yekt
qismlarga ajratiladi va detallar yedirilishlar va defektlar mavjud bo‘lishi
mumkin bo‘lgan joylarida maxsus o‘lchash asboblari yordamida
tekshiriladi.


23

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin