Ташкент давлат транспорт университети «электр ҳаракат таркиби» кафедраси



Yüklə 168,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix24.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#193287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu ETFT 7-semestr 2023-2024

Kontaktli-yoyli
payvandlab qoplash jarayoni, yoki suyuqlik muhitida
vibroyoyli payvandlab qoplash, boshqa turdagi payvandlab qoplash turlariga
nibatan quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: jarayon havoda olinadigan
yoyga nisbatan ancha kichik kuchlanishlarda bajariladi. Yoy yonishi hududiga
sovituvchi suyuqlik uzatiladi.
Vibroyoyli payvandlab qoplash
quyidagi bosqichlarda o‘tadi:
- elektrod detalga tegadi. Salt ishlash kuchlanishi 12 dan 18
V
gacha – ya’ni
havodagi elektr yoyi qo‘zg‘atish kuchlanishidan kichik bo‘lganligi sababli
elektr yoyi yuzaga kelmaydi. Kuchlanish nolgacha kamayadi, tok esa, qisqa
tutashuv toki eng katta qiymatgacha ortadi, natijada sim uchi eriy boshlaydi;
- elektrod erigan metall tomchisi qolgan detal yuzasidan ajratiladi. Bunda
induktiv g‘altakning o‘zinduksiya EYUK si yuzaga keladi va payvand yoyini
oziqlash
kuchlanishiga
qo‘shimcha
o‘zinduksiya
EYUK
kuchlanishi
qo‘shiladi. Umumiy kuchlanish miqdori payvand yoyi yuzaga kelishi uchun
yetarli;
- yuzaga kelgan elektr yoyi ulangan o‘ramlar sonini o‘zgartirish yo‘li bilan
rostlanuvchi induktiv g‘altakda to‘plangan energiya zahirasiga ko‘ra keyingi
tutashuvgacha yoki undan kamroq yonadi. Induktivlik ortib borishi bilan qisqa
tutashuv toki kamayadi va yoyning yonish davomiyligi ortadi.


28
Payvandlab qoplash hududiga uzatiladigan suyuqlik suvga 2,5-6 % kalsiyli
soda yoki 20 % li glitserin eritmasi qo‘shish yo‘li bilan tayyorlanadi. Payvandlab
qoplash uchun NP-65G prujinasimon payvandlash simi qo‘llaniladi, u darzlar va
g‘ovaklarsiz sifatli qoplangan metall olishni ta’minlaydi.
Vibroyoyli payvandlab qoplash uglerodli, kichik legirlangan po‘latlar, qo‘ng‘ir,
yuqori mustahkamlikka ega cho‘yanlardan tayyorlangan detallarni tiklash uchun
ishlatiladi. Bu usul bilan tashqi va silliq ichki yuzalar, rezbalar va shlitsalarni
payvandlab
qoplash
mumkin.
Suyuqlik
muhitida
vibroyoyli
payvandlab
qoplashning sezilarli afzalligi detalni qizishi va deformatsiyasi mavjud emasligi,
payvandlab qoplash davrida qoplangan metallni toblash imkoni mavjudligi
hisoblanadi, bu esa keyingi termik ishlov berishni istisno qilish imkonini beradi.
Vibroyoyli payvandlab qoplashning kamchiligi – termik ta’sir hududida
qizigan metallni suv bilan sovitilishi natijasida cho‘zuvchi kuchlanishlar yuzaga
kelishi sababli mustahkamlikni 40-45 % kamayishidir. Shuning uchun tormoz va
boshqarish
tizimlari
detallarini
bu
usul
bilan
tiklash
mumkin
emas.
Mashinalarning boshqa ko‘plab detallari ikki va undan ortiq mustahkamlik
zahirasiga ega bo‘lganligi uchun ular vibroyoyli payvandlab qoplash usuli bilan
tiklashga yaroqli.
Qoplangan metallning ilashuvchanligi katta qiymatlarga erishadi va asosiy
metalldan deyarli farq qilmaydi.


29
Karbonat
angidrit
muhitida
avtomatik
payvandlab
qoplash.
Havo
tarkibidagi azot g‘ovaklar hosil bo‘lishiga, kislorod esa g‘ovaklar hosil
bo‘lishi va legirlovchi elementlar hamda uglerodni kuyishini keltirib
chiqaradi. Havo tarkibidagi azot va kislorodni payvand yoyi hududiga kirib
borishini istisno qilish uchun himoya sifatida karbonat angidrid gazi
qo‘llaniladi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlab qoplash quyidagi afzalliklarga
ega:
flyus
ostida
payvandlab
qoplashga
taqqoslanganda
jarayon
avtomatlashtirilgan; payvandlab qoplangan metall sifati suyuq muhitda
vibroyoyli payvandlashga ko‘ra yuqori; metallning charchoq mustahkamligi
ham suyuq yoki karbonat angidrid gazi muhitidagi vibroyoyli payvandlashga
ko‘ra yuqori.
Karbonat angidrid gazining oksidlovchi ta’sirini istisno qilish uchun
elektrod simiga xususiyatlariga ko‘ra kislorodga yaqin bo‘lgan materiallar –
kremniy va marganets – kiritiladi. Marganets va kremniy kislorod bilan
ta’sirlashib, erigan oksidlar – shlaklar hosil qiladi, ular payvand vannasi
yuzasiga chiqadi va payvandlash jarayoniga halaqit bermaydi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlab qoplash va payvandlash uchun
Sv-O8GS, Sv-08G2S, 3OXGSA payvandlash simlari qo‘llaniladi.


30
Karbonat angidrid gazi payvandlash hududiga orasidan sim o‘tuvchi
mundshtukni o‘rab turuvchi mis trubka orqali yetkaziladi. Karbonat
angidrid gazi havodan 1,5 barobar og‘irroq, shuning uchun u payvand
yoyi va erigan metall hududida yaxshi saqlanadi. Karbonat angidrid
gazi 10

Yüklə 168,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin