50
1.0:1998, O‘zRST 1.8-94, Oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab
chiqiladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning
modul tizimiga
asoslangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini
mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi
asosiy tamoyillarga alohida e’tibor berish lozim:
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida kadrlarni
ildam
tayyorlash, jahon tajribalari, mamlakat va jamiyat manfaatlaridan kelib
chiqqan holda, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tegashli sohalarga
muvofiqlik nuqtai nazaridan imkon darajasida unifikatsiyalash;
bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ularning negizidagi magistratura
mutaxassisliklarining DTSlari bir vaqtda ishlab
chiqilishi va birgalikda
ekspertizadan o‘tkazilishiga amal qilish;
DTSlarni ishlab chiqishda ta’limni demokratlashtirish insonparvarlashtirish,
globallashuv sharoitida o‘ziga xoslikni saqlash va jahon ta’lim makoniga
integrallashtirish tamoyillariga amal qilish;
har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy talablar
mamlakatda va xorijda mavjud tajribalarni inobatga olgan holda diqqat bilan
qayta ishlab chiqilishi, hamda uni tegishli sohalar bo‘yicha
amaliyotchi
mutaxassislar bilan muhokamadan o‘tkazish;
malakaviy talablarda keltirilgan sifatlarni shakllantiruvchi eng zarur
fanlarning kiritilishi, ularning hajmlari va ketma-ketligi uzluksiz ta’lim turlari
bilan uzviyligini inobatga olgan holda ilmiy asoslash;
bakalavriat va magistratura DTSlaridagi bloklar bo‘yicha fanlar tarkibi,
ularning o‘zaro nisbatlari bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishi
va mutaxassisligi
bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini
kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish;
51
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar hamda
tabiiy-ilmiy fanlar tarkibi va mazmunini shakllantirishda o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi fanlari bilan uzviilikni ta’minlash;
fanlar uchun belgilangan vaqt byudjetining nazariy, amaliy, tajriba,
mustaqil ishlar uchun taqsimoti bitiruvchining nazariy bilimlarini mustahkamlash
va ularni amaliyotda muvaffaqiyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga
qaratish;
o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar sonini bir semestrda 5-7 tadan ortmaslik
shartini inobatga olib belgilash;
ajratilgan auditoriya o‘quv yuklamalarini semestr
haftalariga qoldiqsiz
taqsimlanishiga rioya etish;
kichik hajmli fan auditoriya soatlarini bir semestr davomida mumkin qadar
haftasiga kamida ikki akademik soatdan belgilash;
DTSlarda belgilangan attestatsiya va nazoratlarga muvofiq bir fan yoki
mavzu bo‘yicha takroriy sinovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
malakaviy amaliyotlar soni, muddatlari va belgilanish davri ta’lim
yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotgan sohadagi ishlab
chiqarish jarayoni va texnologiyalarining o‘ziga xosligini inobatga olish,
DTSlarda malakaviy amaliyot sifati va nufuzini oshirish
hamda ishlab chiqarish
va ularning mazmunini byurtmachilar talablari bilan muvofiqlashtirish;
DTSlar, o‘qitiladigan fanlar tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yiladigan
talablar muayyan yo‘nalish, mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan
kadrlarning asosiy buyurtmachi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxona
va tashkilotlar bilan kelishish nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: