Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Me’yoriy hujjat turlari
. Quyidagilar oliy ta’limning me’yoriy hujjatlari 
hisoblanadi: 

oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining 
malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari; 

oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan 
tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga 
soluvchi me’yoriy hujjatlar. 
Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish
. Oliy ta’limning ta’lim sohalari davlat 
ta’lim standartlari va me’yoriy hujjatlari «OT DTS. Asosiy qoidalar» va Oz DSt 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlangan oliy ta’lim standartlari 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti 
Oliy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari 
klassifikatori 
Bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari davlat ta’lim 
standartlari 
Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlari 


50 
1.0:1998, O‘zRST 1.8-94, Oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab 
chiqiladi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni o‘qitishning modul tizimiga 
asoslangan oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi 
asosiy tamoyillarga alohida e’tibor berish lozim: 

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorida kadrlarni 
ildam tayyorlash, jahon tajribalari, mamlakat va jamiyat manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tegashli sohalarga 
muvofiqlik nuqtai nazaridan imkon darajasida unifikatsiyalash; 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ularning negizidagi magistratura 
mutaxassisliklarining DTSlari bir vaqtda ishlab chiqilishi va birgalikda 
ekspertizadan o‘tkazilishiga amal qilish; 

DTSlarni ishlab chiqishda ta’limni demokratlashtirish insonparvarlashtirish, 
globallashuv sharoitida o‘ziga xoslikni saqlash va jahon ta’lim makoniga 
integrallashtirish tamoyillariga amal qilish; 

har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha malakaviy talablar 
mamlakatda va xorijda mavjud tajribalarni inobatga olgan holda diqqat bilan 
qayta ishlab chiqilishi, hamda uni tegishli sohalar bo‘yicha amaliyotchi 
mutaxassislar bilan muhokamadan o‘tkazish; 

malakaviy talablarda keltirilgan sifatlarni shakllantiruvchi eng zarur 
fanlarning kiritilishi, ularning hajmlari va ketma-ketligi uzluksiz ta’lim turlari 
bilan uzviyligini inobatga olgan holda ilmiy asoslash; 

bakalavriat va magistratura DTSlaridagi bloklar bo‘yicha fanlar tarkibi, 
ularning o‘zaro nisbatlari bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishi va mutaxassisligi 
bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini 
kuchaytirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish; 


51 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan ijtimoiy-gumanitar hamda 
tabiiy-ilmiy fanlar tarkibi va mazmunini shakllantirishda o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi fanlari bilan uzviilikni ta’minlash; 

fanlar uchun belgilangan vaqt byudjetining nazariy, amaliy, tajriba, 
mustaqil ishlar uchun taqsimoti bitiruvchining nazariy bilimlarini mustahkamlash 
va ularni amaliyotda muvaffaqiyat bilan qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishga 
qaratish; 

o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar sonini bir semestrda 5-7 tadan ortmaslik 
shartini inobatga olib belgilash; 

ajratilgan auditoriya o‘quv yuklamalarini semestr haftalariga qoldiqsiz 
taqsimlanishiga rioya etish; 

kichik hajmli fan auditoriya soatlarini bir semestr davomida mumkin qadar 
haftasiga kamida ikki akademik soatdan belgilash; 

DTSlarda belgilangan attestatsiya va nazoratlarga muvofiq bir fan yoki 
mavzu bo‘yicha takroriy sinovlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

malakaviy amaliyotlar soni, muddatlari va belgilanish davri ta’lim 
yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotgan sohadagi ishlab 
chiqarish jarayoni va texnologiyalarining o‘ziga xosligini inobatga olish, 
DTSlarda malakaviy amaliyot sifati va nufuzini oshirish hamda ishlab chiqarish 
va ularning mazmunini byurtmachilar talablari bilan muvofiqlashtirish; 

DTSlar, o‘qitiladigan fanlar tarkibi va ularning mazmuniga qo‘yiladigan 
talablar muayyan yo‘nalish, mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanayotgan 
kadrlarning asosiy buyurtmachi va iste’molchisi bo‘lgan vazirlik, idora, korxona 
va tashkilotlar bilan kelishish nazarda tutilgan. 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin