Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi


Magistratura mutaxassisligining malaka talablari



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Magistratura mutaxassisligining malaka talablari. 
Oliy ta’limning 
malaka talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv 
reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston 
Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini 
ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar 
tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan 
o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi. 
Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari: 

mazkur ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha fan, 
texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan 
dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun 
mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari; 

ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarning o‘quv reja va fan 
dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga 
oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; 

o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob 
beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, 
o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari); 

bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi 
Davlat attestatsiya komissiyalari; 

oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; 

oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli 
Davlat organlari; 

ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklardan birini ixtiyoriy tanlash 
huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar, ota-onalar va boshqa manfaatdorlar. 
Mutaxassislik bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: 

ilmiy-tadqiqot faoliyati; 

ishlab chiqarish faoliyati; 


55 

tashkiliy-boshqaruv faoliyati; 

oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-
pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik 
faoliyat; 

konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining 
muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda 
oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin