Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi


Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga 
qo‘yiladigan umumiy talablar
:
Bakalavriatda o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga 
olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini 
o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur: 

gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy; 

umumkasbiy fanlar; 

ixtisoslik fanlari; 

qo‘shimcha fanlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim 
muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha boshqa fanlar 
bloklari belgilanishi mumkin. 
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o‘tilishi 
nazarda tutilishi shart. 
O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan 
fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.


58 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarini o‘zlashtirishda talabalarning 
o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim 
olishi nazarda tutilishi lozim.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda 
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. 
Bakalavriat o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy 
talablar
.
Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy fanlar bloki: 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan 
bilimlarni to‘ldirishi va rivojlantirishi; milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni
yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy 
tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi; 

ta’limning tarix, falsafa, xalq an’analari, urf-odatlari bilan uzviy birligini, 
O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va 
madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi; 

insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi; 

ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul 
qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga 
yo‘naltirilganligini ta’minlashi; 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda 
uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika 
hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi 
o‘rni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi; 

koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarning 
o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; 
tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga 
putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy 
tasavvurlarni shakllantirishi; 


59 

muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur 
o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin