Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

 
Umumkasbiy fanlar bloki: 

matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o‘rtasida ilmiy va 
nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi; 

maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan 
fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni 
shakllantirishi; 

modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash 
yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim. 
Ixtisoslik fanlari bloki: 

bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida 
erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida 
tasavvur hosil qilishi; 

tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb 
faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; 

talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida 
ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim. 
Qo‘shimcha fanlar bloki: 

talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda 
chuqur bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi; 

ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori kon’yunkturasi tez 
o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va 
fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlashi lozim. 
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni 
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va 
boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va 
amaliy bilimlar berishni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi.
Magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va 


60 
uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar 
tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur:

umummetodologik fanlar;

mutaxassislik fanlari;

ilmiy faoliyat.
O‘quv rejalar va fanlar dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda 
talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Talabalarning o‘quv rejalar va fanlar dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv 
fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olishi 
nazarda tutilishi zarur.
Magistratura mutaxassisliklari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda 
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin