Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi


Magistratura ta’limi o‘quv rejasining o‘quv fanlari bloklari mazmuniga



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Magistratura ta’limi o‘quv rejasining o‘quv fanlari bloklari mazmuniga 
qo‘yiladigan umumiy talablar

Umummetodologik fanlar bloki: 

milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy 
masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi; 

insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat 
ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizatsiya va uning 
taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari 
to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi; 

ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini 
shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo‘yicha muntazam ravishda mustaqil 
tahlil va xulosani tayyorlashi;

ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy 
usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, 
asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari 
bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo‘yicha menejment va 
iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;


61 

amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari 
va tizimlarini o‘zlashtirishni ta’minlashi;
Mutaxassislik fanlari bloki: 

muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va 
ko‘nikmalarni shakllantirishi; 

mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan 
foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi; 

magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish
kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish 
va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va ko‘nikmalarni 
ta’minlashi kerak. 
Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, 
talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-
tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim. 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin