Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi


 Mutaxassislik bo‘yicha o‘quv reja va ishchi o’quv reja



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

3.2. Mutaxassislik bo‘yicha o‘quv reja va ishchi o’quv reja. 
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
rejalashtiruvchi, asosiy xujjat - o’quv rejalari hisoblanadi.
O‘quv reja -
ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fan, ularning bo‘limlari, 
o‘qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o‘qitilishi, ularning o‘quv yili 
va haftasida qancha miqdorda o‘tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy 
pedagogik hujjat hisoblanadi. O‘zbekistonda o‘quv rejasi tegishli vazirlik 
tomonidan tasdiqlanadi. Bir tipdagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejasi yagona 
va majburiydir. SHu bilan birga, har bir ta’lim muassasasi o‘quv rejasini 
belgilangan miqdorda o‘zgartirishi mumkin. o‘quv rejasi O‘quv rejasining umumiy 
va majburiyligi ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha 
a’zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga 
qaratilganligi uchun ham o‘quv rejasida ta’limning insonparvarlashuviga alohida 
e’tibor berilgan. O‘quv rejasi muayyan qismlardan iborat bo‘lib, ularda ta’lim 
muassasasi talabasi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim bo‘lgan 
ilmiy, ma’naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy ko‘nikma va malakalar hisobga 
olingan.
O’quv reja
- oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mutaxassisligi bo’yicha 
o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari, kurslarining tarkibi, ularni o’rganishning 
izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy xujjatdir. 


56 
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi:
namunaviy va ishchi o’quv rejalar. 
Namunaviy o’quv reja
– oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim 
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat 
ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli 
kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim 
muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda 
kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy 
xujjatdir. 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin