Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Ishchi o‘quv dasturi - 
OTMning aniq bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki 
magistratura mutaxassisligi talabalari uchun o‘quv rejadagi aniq bir fan bo‘yicha 
o‘quv dasturiga asosan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladigan
fanning mazmuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan, mavzularning o‘qitish 
ketma-ketligiga rioya qilingan holda fanga ajratilgan soatlar aniq ko‘rsatilgan 
me’yoriy hujjat hisoblanadi. 
Ishchi o‘quv dasturi tegishli ta’lim standartlarini konkretlashtiradi, o‘quv 
jarayonini uslubiy, informatsion va texnik jihatidan ta’minlanishini nazarda tutadi. 
OTMlarda talabalarni tayyorlash va o‘qitish xususiyatlarini aks ettiradi. 
O‘quv dasturi asosida tuzilgan ishchi o‘quv dasturida aniq mavzular, ularga 
ajratilgan soatlar, mavzular bo‘yicha qo‘llaniluvchi didaktik va texnik vositalar
mavzular va bo‘limlar bo‘yicha bilimni nazorat qilish turlari hamda tegishli 
uslubiy tavsiyalar aniq ko‘rsatiladi shuning uchun uning hajmi cheklanmaydi. 


66 
Ishchi o‘quv dasturida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: 

DTS talablari; 

o‘quv dasturlarini mazmuniga qo‘yiladigan majburiy talablar; 

talabalar uchun beriladigan o‘quv materiallarining maksimal hajmi; 

bitiruvchilarni tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; 

OTM tomonidan o‘quv rejaga asosan belgilangan o‘quv yuklamasining 
hajmi; 

ta’lim dasturlarining maqsadi va vazifalari. 
Yuqorida keltirilganlar asosida ishchi o‘quv dasturining tuzilishi ishlab 
chiqiladi va uning tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

titul varag‘i; 

kirish so‘zi; 

fanning maqsadi va vazifalari; 

fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar; 

talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar; 

fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy 
jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi; 

fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni; 

fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik 
texnologiyalar; 

fan bo‘yicha soatlar taqsimoti; 

nazariy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni; 

amaliy, seminar va labaratoriya mashg‘ulotlari mavzulari va rejalari; 

mustaqil ta’lim mavzulari; 

foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin