Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi


Ishchi o‘quv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

Ishchi o‘quv dasturlarini tuzish va tasdiqqa kiritish tartibi: 
1.Ishchi o‘quv dasturlari OTMlarining tegishli kafedralarining professor-
o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi. 


67 
2. Ishchi o‘quv dasturlarini DTS talablari va o‘quv dasturlarga mos holda 
ishlab chiqilishiga tegishli kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilar mas’ul 
hisoblanadi. 
3. Ishchi o‘quv dasturining kirish qismida o‘qitiladigan fanning dolzarbligi, 
sohaning tarixi, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari 
asosida isloh qilishdagi ahamiyati va o‘rni ochib beriladi. SHuningdek, fanni 
o‘qitishning asosiy maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 
ko‘rsatiladi. 
4. Ishchi o‘quv dasturida uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketlikligi hamda 
o‘qitish turlari o‘qitishning interaktiv uslublari va vositalari hamda fanni o‘qitishda 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini optimallashtirish 
uchun omil bo‘ladigan mexanizmlar ko‘rsatiladi. 
5. Ishchi o‘quv dasturlarida o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, 
axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlari, didaktik vositalar, ashyolar 
va boshqa moddiy-texnik baza to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga 
muvofiq. 
6. Ishchi o‘quv dasturining titulida amaldagi Klassifikator bo‘yicha 
tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik) larning shifri va 
nomlari hamda ishchi o‘quv rejaga muvofiq fanning to‘la nomi ko‘rsatiladi. 
7. Ishchi o‘quv dasturining yaratilishiga mas’ul kafedraning nomi, mualliflar 
va taqrizchilar to‘g‘risida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, 
ilmiy darajasi va unvoni), tasdiqqa tavsiya etuvchi uslubiy Kengashlarning 
bayonnomasi raqami va sanasi ko‘rsatiladi. 
8. Ishchi o‘quv dasturining foydalaniladigan manbalar ro‘yxatiga asosiy 
adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlar kiritiladi. 
9. Ishchi o‘quv dasturining matni A-4 format, Times New Roman shriftida, 
14-chi o‘lchamda, chap tomonidan - 3 sm, pastidan - 2 sm, yuqoridan – 2 sm, o‘ng 
tomonidan - 1,5 sm o‘lchamida xoshiyalanadi. Betlarni raqamlash – pastki 
qismining markazida joylashtiriladi. 


68 
10. Ishchi o‘quv dasturi har o‘quv yili kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqib 
muhokama qilinadi va tegishli o‘quv – uslubiy kengashida ko‘rib chiqib 
ma’qullanadi hamda OTMning ruxsat etilgan kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. 
11. OTM o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 
Mutaxassislar tayyorlashga qo’yilgan talablarning hujjatli asosini 
tasvirlaydigan o’quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to’liq va aniq 
belgilanishini talab qilinadi.
 
To’liqlik 
deganda mazmunning barcha zaruriy va 
qo’yilgan maqsadga erishish uchun etarli elementlari kiritish tushuniladi. 
Aniqlik 
deganda esa real o’quv jarayonida berilgan mazmunda joriy qilish yo’lini 
ko’rsatadigan elementlar va belgilar tasavvur etiladi. 
O’quv dasturlarida
 
talabalar o’quv rejasiga kiritilgan har qaysi fandan 
nimani va qanday izchillikda o’rganish kerakligi, shuningdek, talabalar bilib olishi 
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi belgilab beriladi. 
O’quv dasturlarining mazmuni kasb tavsifnomalarning talablari asosida 
aniqlanadi. Dasturlarni ishlab chiqishda didaktik tamoyillarga va malakali 
mutaxassislar tayyorlash mazmuniga qo’yiladigan talablarga amal qilinadi. 
O’quv materialini tanlashda mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt va 
talabalarning materialni o’zlashtira olish-olmasligi hisobga olinadi. 
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida shunday o’quv materiali 
bo’ladiki, talabalar bu materialni o’rganib, ishlab chiqarishning hozirgi zamon 
texnikasi va texnologiyasi asoslarini o’rganilayotgan kasbni ongli ravishda, puxta 
va chuqur egallash hamda ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish uchun zarur 
bo’lgan hajmda o’zlashtiradilar.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida o’quv materiali mazmunini 
aniqlashda avvalo ilmiylik tamoyiliga asoslaniladi. Bu tamoyilga muvofiq
o’rganish uchun ilmiy tadqiqotlar bilan asoslab berilgan va tajribada tekshirib 
ko’rilgan jarayon, hodisa va faktlar, fan hamda texnikada qabul qilingan 
tushuncha, atama, qoida va belgilar tanlab olinadi. Ilmiylik tamoyili o’quv 
materialni mantiqiy izchillik bilan bayon etishni, har bir yangi hodisa yoki narsani 
har tomonlama o’rganishni, mazkur ob’ektning o’ziga o’xshash boshqa ob’ektlar 


69 
bilan ham, o’zidan farq qiladigan ob’ektlar bilan ham bog’lanishidagi xilma-
xillikni aniqlashni talab etadi. 
Umumkasbiy fanlari dasturlarida o’quv materialining mazmunini va uni 
o’rganish ketma-ketligini aniqlashda, asosi ochib berilayotgan fanning mazmuni, 
mantiqiga asoslaniladi. Masalan, elektrotexnika, gidravlika va pnevmoyuritmalar, 
amaliy mexanika, issiqlik texnikasi, ekologiya kabi fanlarning dasturlari mazmuni 
jihatidan eng barqaror dasturlardir. 
Dasturlardagi o’quv materialiniig mazmunini aniqlash tamoyillaridan biri 
uniig talabalarga tushunarli bo’lishidir. O’quv materialining tushunarli bo’lishi 
deganda, uni soddalashtirish yoki engillashtirish tushunilmasligi kerak. O’quv 
materialining tushunarliligi deganda, uning talabalar uncha qiynalmay o’zlashtira 
oladigan darajada ochib berilishi tushuniladi. Shunday qilinganda talabalarning 
tafakkuri, xotirasi, irodasi rivojlanadi. O’quv materialini tushunadigan qilib 
tanlashda bilimlar hajmini va o’quv materialinint ochib berilish chuqurligini 
aniqlash
 
ko’zda tutiladi. 
Dasturning har bir mavzusi bo’yicha bilimlar hajmini belgilashda zarur 
bo’ladigan asosiy materialga, shuningdek, ko’rgazmali va ma’lumotnoma 
materialga asoslaniladi hamda uning hajmi bilan talabalarning fikrlash va xotirada 
saqlab qolish imkoniyatlariga taqqoslab ko’riladi. Bunda o’qitish davri, mavzuga

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin