Tashkil etish va tayyorlash myetodikasi



Yüklə 230,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/18
tarix19.12.2023
ölçüsü230,36 Kb.
#185867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
5-mavzu. Meyoriy hujjatlar

 
ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi, 
fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi. 
Ochib berilish chuqurligi jihatidan olganda o’quv materialini shartli ravishda 
uch guruhga: oson, o’rtacha va qiyin o’zlashtiriladigan materiallarga bo’lish 
mumkin. Ma’lumki, faktlar eng oson material; faktlar tizimi - o’zlashtirilishi qiyin 
material; o’rganiladigan mashina, jihoz, mexanizm, materiallar sifati, texnologik 
jarayonning muhim alomatlarini aniqlash yanada qiyin. Tushunish va o’zlashtirish 
eng qiyin material - sabab-natijali bog’lanishlarni topish, chunki ular tarkibida 
ancha murakkab o’quv materiali bo’ladi. Sabab-natijali bog’lanishlarni aniqlash 
zarurati, ko’pincha, mashinalarni sozlovchilarda, dastgohda ishlovchilarda
yig’uvchi-chilangarlarda, haydovchilarda, montajchilarda va ko’pgina boshqa kasb 


70 
ishchilarida paydo bo’ladi. Bunda sabab ma’lum bo’lsa, natijani topish, aksincha - 
natijani bilaturib, sababni topishga qaraganda oson bo’ladi. 
Talabalarni sababni qidirib topishga o’rgatish ularda texnologik tafakkurning 
rivojlantirilishini talab qiladigan juda qiyin jarayondir. Bu muhim talab dasturlar 
tuzishda hisobga olinadi. 
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’quv materialining qiyinlik darajasi 
o’rganiladigan tushunchaning ichki bog’lanishlariga bog’liq. Bog’lanishlar 
qanchalik kam bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik oson, bog’lanishlar 
qanchalik ko’p bo’lsa, tushunchani o’zlashtirish shunchalik murakkab bo’ladi. Bu 
ham dasturlardagi o’quv materialining ochib berilish chuqurligini aniqlashda 
e’tiborga olinadi. 
Dasturlardagi o’quv materialining ochib berilishi chuqurligi ko’p jihatdan 
talabalarning umumiy o’rta ta’limdan olgan tayyorgarlik darajasiga ham bog’liq. 
Dasturlarda mashina va jihozlarning tuzilishi, texnologik ish jarayoni hamda 
hisoblashga oid nazariy materiallarni chuqur asoslab berish, tipaviy texnologiya, 
jarayonlar qonuniyatlarining ilmiy asoslarini anglab olish ko’zda tutiladi. Yig’ish 
va ta’mirlash-rostlash ishlarining puxtalign, aniqligi va sifatini oshirish 
masalalariga, ularni ob’ektiv tashxislash alomatlariga ko’ra asboblar vositasida 
tekshirish sinashga alohida e’tibor beriladi. Fanni o’rganish uchun talabalardan 
turli tip, rusum va modifikatsiyadagi juda ko’p mashinaning tuzilishini bilish talab 
qilingan hollarda dasturlarda shunga o’xshash mashinalarning tuzilishiga, 
ishlashiga oid printsipial sxemalarni, tipaviy texnologik jarayonlarni o’rganish 
hamda shu asosda eng zamonaviy va xarakterli konkret konstruktsiyalarning 
xususiyatlarini o’rgainish ko’zda tutiladi. 
Dasturlar tuzishda o’quv materialiga nisbatan qo’yiladigan talablar bo’lgan 
amaliyligi va zamonaviyligi hisobga olinadi. Bunda talabalarning oliy ta’lim 
muassasalarida oladigan bilimlari ishlab chiqarishda va ijtimoiy tajribada tatbiq 
etilgan taqdirdagina katta ahamiyatga ega bo’lishiga asoslaniladi. Shuning uchun 
o’quv materialini tanlashda dasturlarga ishlab chiqarish texnikasi va 
texnologiyalarining hozirgi darajasiga javob beradigan faoliyati bilan bevosita 


71 
bog’langan materiallar kiritiladi. SHu nuqtai nazardan ixtisoslik fanlarining o’quv 
dasturlari mazmuni vaqt-vaqti bilan (3 yilda) qayta ko’rib chiqiladi va yangilanadi. 
Snu narsa an’anaga aylanib qoldiki, o’quv dasturlari faqat o’qitish 
mazmunini, ya’ni talabalarga nimani o’qitish kerakligani ochib beradi. O’qitish 
metodakasini, ya’ni qanday o’qitish kerakligini esa, odatda, o’qituvchining o’zi hal 
qiladi. OTMlar uchun umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bloki dasturlarini tuzishda 
dasturlarda o’qitish metodikasining ba’zi masalalarini ochib berishga harakat 
qilinadi. Chunonchi, amaliy mexanika, ekologiya, elektrotexnika, hayotiy faoliyat 
xavfsizligi, muhandislik va kompyuter grafikasi kabi fan dasturlarining har bir 
mavzusida o’qituvchi uchun qisqacha metodik tavsiyalar berilishi mumkin. 
Oliy ta’lim muassasalari ixtisoslik fanlar bloki fanlarining dasturlari uchun 
shu narsa xoski, talabalar bilimlarni ancha ongli va puxta o’zlashtirishi, ularning 
bilish faoliyatini faollashtirish hamda texnik tafakkurini rivojlantarish maqsadida 
bu dasturlarda anchagina hisoblash ishlari, texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab 
chiqarish mashqlari, tajriba-amaliy ishlar, mustaqil ishlar, ma’lumotnoma 
adabiyotidan foydalanib mustaqil bajariladigan ishlar, shuningdek, o’quv ishining 
olingan bilimlarning hammasini amalda tadbiq qila bilishni talab etadigan boshqa 
shakllari ko’zda tutilgan. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar, hisoblash ishlari va 
mashqlar ruknini aniqlashda quyidagi masalalarni hal qilish nazarda tutiladi: 
mashina, jihoz, agregat va qurilmalarining konstruktsiyasani o’rganish; texnologik 
jarayonlardagi fizikaviy va kimyoviy hodisalar mohiyatini hamda ularning 
qonuniyatlarni o’rganish; nuqsonlarni tashxislash va aniqlash, mashina, jihoz va 
agregatlarni asboblar vositasida tekshirish hamda rostlash usullarini o’rganish; ish 
rejimlarini hisoblash, texnik xizmat ko’rsatish, yig’ish, ta’mirlash, sozlashga doir 
texnologik jarayonlarni mustaqil ishlab chiqish ko’nikmalarini hal qilishni nazarda 
tutadi.
 
3.4. Sillabus, o‘quv uslubiy majmua va kalendar reja. 
Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va 
auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb 

Yüklə 230,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin