Ambulator - poliklinika muassasalarida profilaktika ishlarini tashkillashtirish Pediatr va umumamaliyot vrachining profilaktika ishlari faoliyatidagi asosiy maqsadi bolalarni jismoniy va ruhiy rivojlanishini me'yorida ta'minlash hamda oilaning kunlik xayot tarzida gigienik talablarni keng qo'llashdan iborat. Profilaktika faoliyatining asosiy usuli dispanser uslubi bo'lib - bu faqat bemorlarni emas, balki sog'lom aholi salomatligini ham dinamikada nazorat qilishidadir. Bolaning salomatligiga qaratilgan profilaktika tadbirlar bolaning tug'ilgan kunidan boshlab tavsiya etiladi. Xomilador ayollar salomatligini nazorat qilish ayollar maslaxatxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Xomilador ayollarni dispenser nazoratga olgandan so’ng xomiladorlar patronaji tashkil etiladi, ayollar maslaxatxonasi bilan birgalikda "Yosh onalar maktabi" xonasida mashg’ulotlar olib boriladi, "Sog'lom bola" xonasiga xomilador ayollarning tashriflari tashkil qilinadi. Umumiy amaliyot vrachi va poliklinika hamshirasi bilan birgalikda xomilador ayollarning tug’ruqqa qadar patronaji kamida 2 marotaba olib borilishi lozim. Bunda ginekologik, biologik va ijtimoiy analiz yig’iladi va natijalar baxolanadi, hamda xomilador ayollarga ularning kun tartibi va ovqatlanishi, xayotining ijtimoiy-gigienik sharoiti, kasallanish holatlari, yangi tug'ilgan chaqaloqni parvarish qilish va ovqatlantirish bo'yicha ma'lumotlar beriladi. Birinchi tug’ruqqa qadar patronajayollar maslaxatxonasidan xomilador ayol xaqida ma'lumot berilishi bilan tashkil qilinadi, ikkinchi patronaj esa odatda xomilalikning 31-32 xaftasida olib boriladi. Xomilalik og’ir kechayotgan ayollar uchun uchastka pediatri tomonidan tug’ruqdan oldin uchinchi patronaj olib boriladi. Xomilador ayollar "Sog'lom bola" xonasiga qatnashlari lozim, bu yerda uchastka vrachi shaxsiy va guruhli suxbatlar o’tkazadi, bo'lajak onalarni yangi tug'ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun kerakli anjomlar bilan tanishtiradi. Umumamaliyot vrachi va hamshira yangi tug'ilgan chaqaloqni