tug’ruqxonadan chiqqandan so’ng 2-3 kun ichida borib ko'radilar. Agar oilada birinchi bola yoki egizaklar tug'ilgan va ona suti yetishmasa patronaj tug’ruqxonadan chiqqan kuni tashkil etiladi. Keyinchalik uchastka hamshirasi bolaning 1 xaftasida 1-2 kunda bir marta, birinchi oyida esa xaftada bir marta patronaj tashkil qiladi. Umumamaliyot vrachi bolani xayotining 14 chi, so'ngra 21 kunida uyiga borib ko'radi. Egizaklar, vaqtidan oldin tug'ilganlar, katta vaznda tug'ilganlar, tug’ruq vaqtida travma olganlar, xomilasi patologik kechgan, xomilalik davrida yuqumli kasalliklari bo'lgan ayollardan tug'ilganlar hamda ijtimoiy-maishiy sharoiti yaxshi bo'lmagan oilada tug'ilgan bolalar umumamaliyot vrachining asosiy kuzatuvida bo’ladilar. Patronaj olib borilish vaqtida hamshira onalarni yangi tug'ilgan chaqaloqlarni xayotining 4chi xaftasidapoliklinikaga taklif qiladi. Keyinchalik umumamaliyot vrachi bolalar salomatligini xayotining birinchi yilida oyiga 1 marta nazorat qiladi. Qabul vaqtida vrach bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishini nazorat qiladi, ovqatlantirish, kun tartibi, chiniqtirish, jismoniy tarbiya, raxitni profilaktikasi va boshqa masalalar bo'yicha tavsiyalar beradi. Uchastka hamshirasi ham bola salomatligini xayotining 1 yilida oyiga 1 marta nazorat qiladi. Bolalarni aynan shu yoshda rivojlanishini nazorat qilishda xayotining 1chi yilida o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinadi: - tug’ruqxonadan chiqqanligi to'g'risida ko’chirma, - raxitga qarshi profilaktik tadbirlarni boshlagan vaqti, - dekret berilishi (4,5 oylikka qadar). - profilaktik emlashlarni olib borilganligi, prikorm berilishi (4,5 oylikda) - ko’krak suti bilan boqishni to’xtatilishi - onaning ish faoliyatini boshlanishi - bolalar muassasalarga bolani joylashtirish. Bolaning 3, 6, 9, 12 oyligida umumamaliyot vrachi bolani chuqur tekshiruvlardan, antropometrik o’lchovlardan, ona bilan suxbatidan so’ng to'liq epikriz yozadi, bunda bolani salomatligi, uning jismoniy va ruhiy rivojlanishi ko'rsatiladi, hamda nazorat qilish va sog'lomlashtirish tadbirlari rejasi tuziladi. Bola xayotining 2 chi yilida umumamaliyot vrachi kvartalda 1 marta bolani nazorat qiladi, bunda u bolaning salomatligi xaqida to'liq ma'lumot beradi, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishini baxolaydi, vrach xulosasi bilan ota-onani tanishtirishadi, bola tarbiyasidagi va rivojlanishidagi etishmovchiliklar ko'rsatiladi, ko’rsatmalarni bajarilishiga ahamiyat beriladi va keyinchalik bolani sog'lomlashtirish tadbirlari bo'yicha tavsiyalar beriladi. Poliklinika hamshirasi umumamaliyot shifokori kabi bola xayotining 2 chi yilida kvartalda 1 marta patronaj olib boradi.