Ikkinchi band. Shartnomaning bu bandida asosan, 1—7-sinf o'quvchilarining mehnat tarbiyasi, ta’limi hamda ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini tashkil qilish masalalari aks ettirilishi lozim. Bu bandning birinchi paragrafida yetishmaydigan xonalar, ustaxonalar, laboratoriyalar, sexlar va omborxona binolarini qurish, mavjudlarini qayta jihozlash va rekonstruksiyaqilish, bunda har bir maktabda quyidagilar bo'lishi nazarda tutilishi lozim: 1. Boshlang'ich sinflar uchun qo‘l mehnati xonasi; kasb tanlash va kasblar bo'yicha konsultatsiya, qishloq xo'jalik mehnati (qishloq maktablari uchun) xonalari. 2. Metallga ishlov berish, yog‘ochga ishlov berish va gazlamaga ishlov berish bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazish uchun xonalar. 3. Metallga ishlov berish, yog‘ochga ishlov berish, gazlamaga ishlov berish bo‘yicha ustaxonalar. 4. Kulinariya ishlab chiqarish sexi. 5. Tayyor mahsulotlar, yarimfabrikatlarni saqlash, tayyorlash uchun omborxona binolari va boshqaiar. Agar maktabda mana shu obvektlarni yaratish uchun zarur sharoit bo'lmasa, maktab islohotida ifodalangan imkoniyatlardan foydalanish zarur, xususan: — korxonalar qoshida maktablararo ustaxonalar tashkil etish; - maktab ustaxonalarining imkoniyatlarini mustahkamlash va kengaytirish, ularni maktablararo ustaxonalar birlashmasiga aylantirish; — kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika bazasidan va boshqa imkoniyatlaridan foydalanish kerak. Ana shu bandning ikkinchi paragrafida baza korxonasining 2—7-sinf o‘quvchilariga mo’ljallangan ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish masalalari hal qilingan bo‘lishi lozim, chunonchi:— ishlab chiqarish topshiriqlari 2—7-sinflarning mehnat ta’limi o‘quv dasturidagi vazifalaridan hamda o‘quv rejada ijtimoiy-foydali, unumli mehnatga mo‘ljallangan soatlar hajmidan kelib chiqishi kerak. Baza korxona ishlab chiqarish topshiriqlarining obyektlari ro‘yxatiga o‘quvchilar o‘quv vaqtidan tashqari, ayniqsa ta’til kunlari bajarishi mumkin bo‘lgan ishlar ham kiritilishi mumkin; — maktablarning texnologik uskunalarga, asboblarga, komplektlarga, xomashyoga ehtiyojini qondirish va boshqa ishlab chiqarish topshiriqlarining har bir turini bajarish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi; — maktab o‘quvchilarining baza korxona hamda maktab bilan qo‘shimcha shartnoma tuzgan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish ishlariga rahbarlik qiladigan mutaxassislar, ishchilar, murabbiylar bilan zarur miqdorda ta’minlash. Uchinchi band.Shartnomaning bu bandidagi tadbirlar o‘quvchilar mehnat birlashmalarining ishini ta’minlashi kerak. O‘quvchilar ishining bu turi asosan ta’til vaqtida amalga oshiriladi va shuning uchun ularning mehnat obyektlari har xil, ba’zan esa mehnat va kasbiy tayyorgarlik o'quv dasturi mazmuni bilan bog'lanmagan bo'lishi mumkin. Buning uchun uchinchi bandning birinchi paragrafida u yoki bu maktablararo texnik markaz ishlab chiqarish doirasiga kirgan korxonalar va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, o'quvchilar m ehnat birlashmalari ixtisosini aniq belgilash g‘oyat muhimdir. Shartnomaning bu bandida majburiy tarzda o‘quvchilarni mehnat joyiga olib borish va olib kelishning barcha yo‘llarini nazarda tutmoq zarur.