Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
90 minglik ish

Yettinchi band. Shartnomadagi mazkur bandni to‘ldirishda
quyidagilarni nazarda tutish lozim: o‘quvchilarning mehnat va
kasbiy tayyorgarligini, ijtimoiy va unumli mehnatini, xavfsizik
texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, o'quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda tashkil
etishni ta’minlashi kerak.
Sakkizinchi band. Mazkur band baza korxonalarning maktablar va boshqa maorif muassasalariga o‘quv yiliga tayyorgarlik
ko‘rishda yordamlashishiga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur punktda baza korxonalar uskunalar sotib olish va ularning
remontiga ajratadigan mablag‘larga alohida e’tibor berish kerak.
Bundan tashqari, mazkur punktda maktabni, o‘quv va texnologik
uskunalarni, priborlarni, ta’limning texnik vositalarini remont
qilishga ham mablag' va fondlar ajratilishi nazarda tutilgan.
To‘qqizinchi band. Bu punktda o‘quvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik aks ettiriladi. Shuning uchun uni to‘ldirayotganda baza korxona sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish bazalariga yo‘llanmalar ajratishda barcha rezerv va imkoniyatlardan foydalanishi lozim. Shartnomada maktab yoki maktablararo texnik markaz xodimlarini aniq tibbiy punktlarga biriktirib qo‘yishni nazarda tutish zarur. Shunday qilib, ijtimoiy foydali hamda unumli mehnat jarayonida o‘quvehilarni kasb to‘g‘risidagi ma‘lumotlarini kengaytirish, aniq kasb tanlashga keltirish, tanlagan kasbiga moslashtirib
kasb-hunar kollejlarida tanlagan kasbini egallashga olib kelish
yuqorida ko'rib o'tilgan shartnomalarda o‘z aksini topgan.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat deb nimaga aytiladi?
2. Ijtimoiy-foydali mehnat deb nimaga aytiladi?
3. Ijtimoiy-foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatning farqi nimada ko‘rinadi?
4. Kasb tanlash samarasini ko‘tarishga qaratilgan shartnomalar qanday tuziladi?
5. Ijtimoiy-foydali va unumli mehnatni tashkil etish uchun
qanday korxonalar bilan shartnoma tuziladi?
6. Shartnoma tuzish uchun korxona qanday tanlanadi?
7. Shartnomaning turlari va bandlarini izohlab bering.
8. Mehnat ta’limi tizimida va kasb tanlashda bajaradigan ishlardan unumli foydalanish uchun tashkilot, korxona va o‘quv
muassasalar orasida tuziladigan shartnomalarda o'zaro munosabatlar qanday belgilanadi?




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin