4. M ehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash darslarida tarbiyalash usullari. O‘quvchilarni tarbiyalashning bir qator qonun-qoidasi bor: 1. Jamoa bo‘lib mehnat qilish, topshirilgan ishga javobgarlik hissini tarbiyalash. 2. O‘z-o‘zini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo‘lish hislarini tarbiyalash. 3. Ongli intizomni tarbiyalash. 4. Jamiyat va shaxs mulkiga g‘amxo'rlik munosabatlarini tarbiyalash. 5. To‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tarbiya usullaridan; iqtisodiy, kasbiy, axloqiy, badiiy, milliy, jismoniy mehnat, mehnat madaniyatini shakllantirish va hokazo. Mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyalash usullarini qanday yo‘llar bilan olib borilishi quyida bayon qilingan. 1. Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning olgan bilimlari aniq maqsadga yo‘nalganligini, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarini ko‘zda tutadi. O‘quvchi butun o‘quv davrida mehnat bilan yaralgan boyliklar bilan tanishadi, bular faqat erkin mehnat qila olganlaridagina yuzaga kelishini tushunadi, o‘quvchi mehnatni ilmiy tashkil qilishning birinchi darsini o'quv jarayonida oladi. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash darslarida jamoa bo‘lib ishlashda o'quvchilar bir-biriga yordam beradi. O‘quvchilar ba‘zi ishlarni birgalikda, bir-biriga yordam berib, ish o‘rinlarini almashib, maslahatlashib bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Bu imkoniyatlardan o'qituvchi o'quvchilarni tarbiyalashda keng foydalanishi kerak. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar o‘zaro do‘stlik. bir-biriga yordam berish, rahbarlik, bo‘ysunish, javobgarlik, talabchanlik va ish yuzasidan olib boriladigan tanqidiy munosabatlarga kirishadilar. O‘qituvchi bu munosabatlarning kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni to'g'ri vo'naltirib turishi kerak. 2. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo‘llash darslarida ayrim hollarda o‘qituvchi o'quvchilarga o'z ishini baholashni taklif etadi. Bu esa o‘quvchiga tayyorlangan buyumini sinchiklab tekshirishga, sifat ko'rsatgichiga amal qilishga, o'z-o'zini tanqidiy baholash hissining shakllanishiga yordam beradi. 3. O'qituvchining talablarini bajarish natijasida o'quvchilar qabul qilingan qoidalar, ish usullarini aniq, ongli bajarishga asta-sekin ko'nikadilar. Ular berilgan ish maromini saqlashga. Ish o'rnini namunali tutishga, asboblarni ehtiyot qilishga odatlanadilar. O'quvchilarga mehnat ta’limi berish, turmushga tayyorlashning muhim sharti — intihomni yo'lga qo'yish orqali erishiladi. O'quvchilarga ishonish, ularni hurmat qilish bilan birga talabchanlikni qo'shib olib borish ongli intizomni tarbiyalashning m u h im shartlaridan biridir. 4. O'quvchilarda ijtimoiy mulkka nisbatan g'amxo'rlik munosabatini tarbiyalashning ta'sirchan usullaridan biri ularni unumli mehnatga, maktab ustaxonasini jihozlash ishiga, asboblarni ta'mirlashga jalb qilishdan iboratdir. O'quvchilarni buyumlarni bichish vaqtida gazlamalarni tejamkorlik bilan sarflashga, asbobuskuna, korjomalarni ehtiyot qilishga o'rgatish, o'z ishini sidqidildan bajarishga, mehnatni sevishga o'rgatish orqali mehnat tarbiyasi shakllanadi. 5. Mehnat madaniyatini tarbiyalashda har bir o'quvchi o'zidan keyin shu ish joyida boshqa o'quvchi o'tirib ishlashi, unga ham toza, ozoda ish joyi zarurligini tushuntirishi orqali shu joyni yig'ishtirishga odatlantirish kerak. Shuning uchun, mashg'ulot rejasini yozishda albatta ish jo'yini yig'ishtirish bosqichi rejalashtirilishi va bajarilishini nazorat qilinishi kerak. 6. O'qituvchi yaxshi tayyorlangan buyumning chiroyliligini, tozaligini, bezagini hamda o'quvchining mehnat harakatlarining aniqligini doimo ta’kidlab turishi orqali o'quvchilarda badiiy did rivojlanadi. Sifatli va sifatsiz tayyorlangan buyumni taqqoslab, chiroyli va xunukni ajratishni, ranglarni bir-biriga mosligini o'rgatib borilsa, o'quvchilarda badiiy did tarbiyalanib boradi. 7. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslari jarayonida eng muhim bo'lgan kasbiy tarbiyaning shakllanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Buning uchun har mashg'ulotda o'quvchining bajarayotgan ishi ommaviy kasb egalari bajaradigan ish ekanligini eslatib turiladi, korxonalarga borib ishchi kasblari bilan yaqindan tanishtriladi. Kasb tanlash jiddiy va mas’uliyatli ishdir, o'z hayot yo'llarini jiddiy sur’atda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimida to'garaklar muhim o'rin tutadi, fan to'garaklarida bolalar politexnik saviyasini, bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanishadi. Maktabda yuqori sinf o'quvchilari uchun «ishlab chiqarish asoslari: kasb tanlash» kursi o'qitiladi. Kasbga yo'naltirish umu iy o'quv tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak, o'quvchilarni kasbga yo‘naltirishdan ota-onalar ham manfaatdor. Shu ning uchun ham o'quvchilarning ota-onalari bilan aloqada bo'lishi lozim. 8. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar, arilar qishli kunida yemak uchun bol yig'ganidek. insonlar kelajakni. turli orzu-havaslarini o'ylab, pul yig'adilar, «Toma-toma ko'l bo'iur» maqolining mazmuni o'quvchilarga tushuntiriladi. Mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga biror buyumni bichish vaqtida andazani to'g'ri joylashtirishni, gazlamani tejab ishlatishni talab qilish, qolgan qiytimlardan bit on kichik uy bezaklarni tikishni o'rgatish orqali iqtisodiy tarbiya shakllanib boradi Iqtisodiy tarbiya o'qnvchiiarda tejamkorlik, ishbilarmonlik. iqtisodiy tashabbuskorlik, mehnatsevarlik. iqtisodiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptrishdir. 9. Mashg'ulotlar jarayonida mavzuni tushuntirishda mavzuga oid tarixiy ma’lumotlardan foydalanish, udumlar, an’analar. Urf-odatlar asosida bilim berish orqali o'quvchilarda milliy tarbiyani shakllantirishga imkon yaratiladi. O'quvchilarning nutqini o'stirishga alohida e ’tibor berish kerak. Buning uchun bajarilgan ishlarni ketma-ketlik tarzida aytib berish, buyum haqida m a ’lumotlar, qo'llaniladigan gazlama, fasonlar har qida o'quvchilarni gapirib berishga o'rgatiladi. Shu tariqa o'quvchilarning nutqi ravonlashib, til boyligi o'shadi. Abdulla Avloniy h a m til masalasiga katta e’tibor beradi. Tilni axloq bilan bog'lab talqin qiladi. U o'z asarida har bir kishi o'z ona tilini m u k am m a l bilishi, har bir so'zni o'z o'rnida ishlatishi, milliyadabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik qilishi zarurligini qayd qiladi. 10. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarida milliy hunarmandchilik asoslarini o'rgatishda: kashtachilik, zardo'zlik, popopchilik va boshqa usullar yordamida buyumlarni tikishda, ularga bezaklar tanlash yo'llarini o'rgatish orqali ham o'quvchilarga kasbiy tarbiya beriladi. Mashg'ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida muzeylarga olib boriladi, noyob asarlar bilan tanishtiriladi, buyumlar tikishda milliy hunarm andchilikning ayrim elementlaridan foydalanishga o'rgatib boriladi. 11. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarida o'quvchilarning jismoniy tarbivasiga e ’tibor beriladi. Mashinada o'tirishda, qo'l ishlarini bajarishda ish bilan ko'zning orasidagi masofani to'g'ri saqlash, o'tirishda gavdani to'g'ri bo'lishiga ahamiyat berish, xonada sog'lom mehnat sharoitini yaratish orqali erishiladi. O'qituvchi o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakani shakllantirishda ish sharoiti uning sog'lig'iga zarar yetkazmasligini yodida saqlashi lozim. Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko'rsatib, salomatligini mustahkamlavdi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko'rishga yordam beradi.