Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə26/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
90 minglik ish

4. Takrorlash darsi. O'quvchilarning yangi materialni o'zlashtirish va mustahkamlashga tayyorligini tekshirishga qaratilgan
takrorlash darslari o'qituvchiga darsning asosiy t a ’limiy vazifasini
bajarishda yordam beradigan m uhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
A m m o ba’zan takrorlashning o'zi darsning markazida turadi.
Bunday dars yakunlovchi mashg'ulot bo'ladi.
Yakunlovchi mashg'ulotlarda o'qituvchi o'quvchilarning mehnat ta’limi jarayonida olgan bilim va malakalarini u m u mlashtiradi. Bunda umumlashtirish kuchavib boradi. Masalan, o'qituvchi sinfda yog'ochga ishlov berishni o'rgatishni tamomlab o'quvchilarga qaysi operatsiyalar bilan ta nishgan 1 i к lari n i eslashni, shuningdek, bu operatsiyalar qo'llanadigan sohalarni belgilash uchun ularni o'zaro taqqoslashni, ularning afzalligi va kamchiliklarini yana bir marta aniqlashni tavsiya etadi. Shu sinfda metallarga ishlov berishni o'rganishni tamomlab. Metallarga ishlov berish haqida umumlashtiruvchi suhbat o'tkazadi. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchilarga yog'och va metallarning xossalarini. metallarning ayrim turlarini reja lash usullarini taqqoslashni
taklif qiladi. Shu bilan birga o'quvchilar quyi sinflarda qog'oz,
karton gazlamalar kabi materiallar bilan ishlashda rejalash bilan
tanishganliklarini eslatadi va shu asosda operatsiyaning politexnik
xarakterini ko'rsatadi. 5—7-sinflarda ta’lim malakalarini u m u m ­
lashtirish imkonivatlari ortadi. Umumlashtirish faqat o'quvchilar
o'zlashtirgan narsalarni shunchaki jamlashdan iborat boim ay,balki ularning bilimlaridagi sifat o‘zgarishlarini jam lashdan ham
iborat bo'lishi kerak. Yog'och va metallarga ishlov berishni taqqoslash o'quvchilarni yangi xulosalarga olib kelishi lozim. Xususan, o'quvchilar materiallarni qirqish bilan ishlashning har xil usullari yagona tabiiy-ilmiy qonuniyatlardan foydalanishga asoslanishiga ishonch hosil qilishlari zarur. Aytilganlardan ko'rinib turibdiki, takrorlash darslari o'quvchilarga yangi bilimlar berish elementlarini ham o'z ichiga oladi.
O'quvchilarning bilim va malakalarini umumlashtirish ishlari
butun t a i i m davrini qamragan holda oldindan tuzilgan reja asosida olib borilsagina samarali bo'ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin