2. Ko'nikma va malakalarni shakllantirish darslari. Bunday darslar ko'proq ustaxonalarda o'tkaziladi. Ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsining asosiy bosqichi o'quvchilarning mustaqil ishlaridan iborat bo'ladi. Buyumlarni tayyorlash va yig'ishda ana shunday darslarni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki ko'nikma va malakalarni shakllantirishga bag'ishlangan darslar bilan ularni mustahkamlashga bag'ishlangan, ya’ni takrorlash mashqlariga bag'ishlangan darslarning farqini bilish kerak. Har qanday texnologik operatsiyani amalda o'rganish o'quvehilarni mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu usullar avval o'quvchilar tomonidan o'quv mashqlari sifatida, key in esa m a ’lum detallarni tayyorlash jarayonida bajariladi. Dastlabki ko'nikma va malakalar shu tariqa shakllantiriladi. Bu davrda o'qituvchining e'tibori, asosan mehnat usullarining to'g'ri bajarilishini tekshirishga qaratiladi. Takrorlash mashqlarida o'quvchilarning mustaqilligi mehnat usullarini to'g'ri bajarishdagina emas, balki ularni buyum ning konfiguratsiyasiga va ishlov berish ning aniqligiga qo'yilgan talablarga bog'liq holda tanlashda namoyon bo'lishi kerak. M azkur darsning asosiy vazifasi ko'nikma va malakalarni shakilantirishdan iborat bo'Isa ham, bu o'quvehilarni muayyan hajmdagi yangi bilimlar bilan boyitmay amalga oshmaydi. 3. Bilimlarni amalda qo'llash darslari.Har qanday amaliy ishni ham tqnsWi bilimlarni qo'llamay bajarib bo'lmaydi. A m m o shunday hollar h a m bo'ladiki, unda bilimlarni qo'llash o'qituvchining e ’tibori qaratilgan asosiy t a ’limiy vazifa bo'lib qoladi. Misol uchun modellashtirish bo'yicha topshiriqlarni olamiz. Modellashtirish uchun o'quvchilar konstruksiyalash va texnologik jarayonlarni tashkil etish bo'yicha bilimlarga ega bo'lishi kerak. O'quvchilar aniq misollar orqali modellashtirishning u m u miy asoslari haqida bilim olishlari, modellashtirish jaravoniga bo'ysunadigan yagona qoidalar va talablar bilan qurollanishlari kerak. Modellashtirish darslarida o'quvchilarning bilim va m a lakalarini amalda m ohirona qo'llashlari m ana shuning uchun ham alohida zarurdir. Bilimlarni qo'llash darslarida o'quvchilarning mustaqil ishlari alohida o'rin oladi, a m m o u ko'nikma va malakalarni shakllantirish arslaridagiga qaraganda birmuncha boshqacharoq yo'sinda baholanadi. O'qituvchini avvalo o'quvchilar biror ishni bajarishida o'z bilimlarini qanchalik mohirlik va mustaqil qo'llay olishlari qiziqtiradi. Bunda o'quvchilarning mehnat usullarini to'g'ri bajarishini nazorat qilish ni ham unutmaydi, albatta.