Laboratoriya ishlari o'quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol ham da turli texnikaviy qoliplardan fovdalangan holda tajribalarni o'tkazish metodlari bo'lib, ular ko'proq tabiiy fanlar asoslarini o'rganishda qo'llaniladi. Metod o'quvchilarning asbobuskunalar bilan ish ko'rish, o'lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Amaliy ishlarning laboratoriyadan farqi shundaki, u o'quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy masalalarni yechish faoliyatini tashkil etadi. Metod o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish, kamchiliklarni tuzatish ko'nikmalarini shakllantiradi. Amaliy mashg'ulotlarda bilish faoliyati besh bosqichda tashkil etiiadi: 1. O'qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash. 2. Ko'rsatma berish, yo'l-yo'riq ko'rsatish. 3. Tajribani tashkil etish (unda ikki-uch nafar o'quvchi amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o'quvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi). 4. Faoliyatni tashkil etish (o'quvchi topshiriqni mustaqil bajaradi, qiynalgan o'quvchilarga e ’tibor qaratilib, ularga yordam ko'rsatiladi). 5. Nazorat (unda o'quvchilarning ishlari qabul qilinib, baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqtni tejash, topshiriqni bajarish tizimining to'g'riligi va samaradorligiga e ’tibor beriladi). Ta’lim jarayonida o'quvchilarning nazariy bilimlari negizida amaliy ko'nikma, malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o'yin o'rganilayotgan obyekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish asosida o'quvchining bilishga b o i g a n qiziqishi, faolligini oshiruvchi o'quv faoliyati t u rid i r. T a i im n in g globallashuvi ta iim iy va rivojiantiruvchi xarakterga ega va yo'nalishi jihatidan xilma-xil bo'lgan kompyuter o'yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta'minlamoqda. Didaktik o'vinlar o'quvchilarning ijtimoiy-foydali mehnat hamda o'qish ko'nikmalarini faol o'zlashtirishda m uhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning m azm uni va uning kechishi bilan belgilanadi. O'vinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jara yonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo'riqishlarini kamaytiradi.