Namoyish metodi o'rganilayotgan obvekt harakat dinamikasini ochishda, predmetning tashqi ko'rinishi, ichki tuzilishi haqida m a ’lumot berishda keng qo'llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda, odatda, uning tashqi ko'rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o'zaro munosabatiari)ga e ’tibor qaratiladi, so'ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o'rganishga o'tiladi. Ko'rsatish ko'p holatlarda o'rganilayotgan obyektlarning subyekti yoki chizmasi vordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish, maxsus jihozlar vordamida ko'rsatish hisobiga amalga oshadi. Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko'proq samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham m u m k in bo'lavermaydi. Shu sababli tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog'ida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish), s u n ’iy obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. Metod vordamida o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil ravishda obyektlarni o'rganish, zaruriy o'lchov ishlarini olib borish, alo- qadorlikni o‘rnatish, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga, faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko'p jihatdan bilish jarayonining o'quvchilar yoshiga mos holda to'g'ri tanlanishi, ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning m uhim jihatlariga yo'naltirishiga bog'liqdir. O'rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog'liq bo'lgan narsa, hodisa va voqealarni ha m m a vaqt sinf sharoitida namoyish qilish m u m k in bo'lmaydi. Shuning uchun ham o'tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. M azkur metod sinf sharoitida — dars jarayonida qo'llaniladigan t a ’lim metodlaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya narsa va hodisalar mohiyatini tabiiy sharoitlar (ishlab chiqarish muassasalari, fermer va jam oa xo'jaliklari, tabiat) yoki maxsus muassasalar (muzey, ko'rgazma zallari va hokazolar)da bevosita o'rganilishining tashkil etilishidir. Ekskursiya bir vaqtning o'zida mustaqil ta’lim tnri ham sanaladi. Ko'rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: о ko'rgazmalilikning o'quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi;» namoyish etilayotgan obyektlar barcha o'quvchilarga y xshi ko'rinib turishi; a namoyishda uning boshlang'ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; о tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko'rsatish asosida tashkil etilishi; ® namoyish va illyustratsiya o'quv materialining m azm uni bilan uyg'un bo'la olishi lozim.