Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə41/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
90 minglik ish

Yo'riqnoma. Mashg'ulot jarayonida kirish, joriy va yakuniy yo'riqnomalar olib boriladi. Kirish yo'riqnomasining qancha
davom etishi va undagi m a ’lumotlarning hajmi o'quvchilarning
yoshiga bog'liq bo'ladi.
5—6-sinflarda materialni birdaniga emas, balki bir necha qismga bo'lib bayon etish tavsiya qilinadi, chunki qo'shaloq darsga mo'ljallangan mehnat topshirig'ini bajarish uchun zarur bo'lgan h a m m a m a ’lumotni o'quvchilar birdaniga qabul qilolmaydilar.
8—9-sinflarda bir qismning o'zida katta hajmdagi materialni
bayon qilish m um kin, mehnat topshirig'i qismlarga ajratilmay,
birdaniga beriladi.
Masalan, 6-sinfda o'quvchilar maktab o'quv-tajriba uchastkasidagi ekinlarga etiketkalar tayyorlashlari kerak. Bu etiketkalar
mixlar bilan birlashtirilgan taxtacha va qoziqdan iborat bo'ladi.
O'quvchilar buyum texnologiyasini tashkil qiluvchi asosiy operatsiyalar (rejalash, arralash, randaiash) bilan tanishgan. Shu sababli o'qituvchi topshiriq haqida gapirib berib, mana shu operatsivalarni bajarishning asosiy usullarini o'quvchilar bilan birgalikda takrorlaydi. Shundan keyin yangi topshiriqni bayon qil ishi kerak:
qoziq uchini randalab o'tkirlash va taxtachaga qoziqni mixlar
yordamida mahkamlash. 6-sinfda yangi topshiriqni qismga bo'lib
bayon qilish tavsiya etilgani uchun o'quvchilarning topshiriqqa
tayyorlanishlari ham bir necha usulda tekshiriladi. M azkur holda
materialni bayon qilishni uchta qismga bo'lish m umkin: taxtachani tayyorlash, qoziqni tayyorlash, yig'ish.
Joriy yo ‘riqnoma. Bu yo'riqnoma o'quvchilarning mustaqil
ishlari bilan bog'liqdir. O'quvchilarning mustaqil ishlari mehnat
darsining asosiy bosqichidir. Unga o'quv vaqtining 80% gacha
qismi ajratiladi. O'quvchilar mustaqil ishining samaradorligi haqida ular to p ­ shiriqlarni qanday bajarayotgani, mehnatda o'z bilimlaridan
qanday foydalanayotgani va hokazolarga qarab xulosa chiqarish mumkin. Bunday m a ’lumotlarni o'quv jarayonining borishini m untazam va rejali kuzatish hamda nazorat qilish orqaligina olish mumkin. Shu sababli o'quvchilarning mustaqil ishi o'qituvchining bunda qatnashmasligini mutlaqo nazarda tutmaydi. Aksincha, o'qituvchining roli alohida m a s ’uliyatli bo'ladi. A m m o o'qituvchining vazifasiga faqat nimalar bo'layotganini qayd qilish, ba’zi o'quvchilar mustaqil ishni uddalay olayotgani, boshqalari uddalay olmayotganini ifodalovchi shakllarni sharhlashgina kirmaydi. Kuzatishlar natijasida olingan m a ’lumotlar o'qituvchi uchun boshlang'ich material bo'ladi, o'qituvchi shu
material bazasida o'quvchilarga yondashish, ularning mustaqil
ishlarini boshqarishni amalga oshiradi.
O'quvchilarning mustaqil ishlari paytida o'qituvchi b iro'r indan
boshqa ish o'rniga o'tib, zaruriyatiga qarab yakka yo'riqnomani
amalga oshiradi. Agar h a m m a o'quvchilarga qandaydir biror
m a ’lumotni yetkazish yoki m a i u m mehnat usulini namoyish qilish lozim bo'lsa, guruhiy yo'riqnoma o'tkazadi. Yo'riqnoma paytida o'qituvchi yo‘1 qo'yilgan xatonigina ko'rsatib qolmaydi, balki
eng m uhim i bu xatoning sabablarini ochib beradi, chunki xatoni
tuzatishgina emas, unga bundan keyin yo'l qo'ymaslik kerak.
0 ‘quvchilarning mustaqil ishini boshqarish o'qituvchidan
yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. O'quvchilarga yordam
berishda uning uchun ishni bajaraish emas, balki ularning faoliyatini to'g'ri yo'lga o'z vaqtida yo'naltirish kerak, chunki ko'pincha
mehnat jarayonidagi xatolar tuzatib bo'lmas kamchiliklarga
(brakka) olib kelishi m a ’lum. Shu sababli o'qituvchi qayerda
bunday xatolarga yo'l qo'yilishi mumkinligini oldindan ko'rishi
va o'quvehilarni ulardan saqlab qolishi kerak. O'quvchilarning
mustaqil ishini yo'naltirishda ularga ortiqeha g'amxo'rlik qilavermaslik kerak, chunki bu o'quvchilarning tashabbusini bo'g'adi,
texnik ijodkorlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
O'quvchilarning mustaqil ishlari faoliyatini konstruksiyalash,
texnologiyani tashkil etish, modellashtirish, materiallarni bevosita ishlash, zanjirlar yig'ish kabi har xil sohalarni o'z ichiga olishi m umkin. Har qanday holda ham mustaqil faoliyat muvaffaqiyatining zarur sharti unga o'quvchilarning tayyorgarligidir. Agar o'quvchilar topshiriqni tushunsalar va uni bajarish yo'llarini tasavvur qila olsalar, ya’ni topshiriqni bajarishga kuchlari yetsagina topshiriqqa qiziqadilar. Agar topshiriq o'quvchilar hali egallamagan bilimlar va mehnat usullarini qo'llashga mo'ljallangan bo'Isa, bu hoi o'quvehilarni loqaydlikka, o'z kuchlariga ishonmaslikka olib keladi. Shu sababli o'qituvchi o'quvchilarning m ustaqil ishlashi uchun mehnat topshirig'i xarakterini belgilashda eng avvalo uni talab qilinayotgan bilim, ko'nikm a va malakalar nuqtayi nazaridan o'quvchilarning qo'lidan kelish-kelmasligirii tekshiradi. Ba’zan o'quvchilarning mustaqil ishi uchun obyektlarni rejalashtirishda, agar vaqt imkoni bo'Isa, buyum ni takror
tayyorlashni bajarish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda
o'quvchilar o'sha usullarni bajarishni mashq qiladilar, o'qituvchi
esa ular oldingi xatolarni takroran takrorlamasliklarini tekshiradi.
Mehnat ta’limi jarayonida m ehnatning ijtimoiy foydali xarakteri va m e ’yorlanishi o'quvehilarni mustaqil faoliyatga rag'batlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Tashkil etilgan musobaqa o'quvchilar mustaqil ishining samaradorligini oshirishda m u h im vosita bo'lib xizmat qiladi.
Musobaqaning to'g'ri tashkil qilinishi, o'quvehilarni yagona jamoaga birlashtirilishi xafagarchilik va janjallarga olib kelmasligi kerak. Shu orqali o'quvchilarga bizning jam iyatim iz sharoitida musobaqaning sanoat uchun tavsifli raqobatga hech qanday aloqasi yo‘qligini tushuntirish lozim. Har bir o'quvchining burchi jam oa manfaatlarini unutib o‘zining shaxsiy muvaffaqiyatlariga intilish emas, balki, o'z yutuqlarini yashirmay o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishi, o'rtoqlariga yordam berishidadir. Musobaqa shartlarini o'qituvchi sinf faollari bilan birgalikda ishlab chiqadi, musobaqa natijalari esa devoriy gazetada
m untazam yoritiladi, maktab radiosi orqal eshittirib boriladi va
hokazo. O'quvchilarning mustaqil ishi butun dars davomida yoki uning
bir qismida uzluksiz o'tishi, shuningdek yangi materialni bayon
qilish bilan almashinishini (asosan 5—6-sinflarda) m umkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin