Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə40/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
90 minglik ish

Mehnat darslari tarkibi. Mehnat darslari ushbu bosqichlardan tashkil topishi mumkin: o'quvchilarni uyushtirish; yo‘riqnoma, yangi materialning bayoni, o'quvchilarning mustaqil ishlari, yakunlovchi yo'riqnoma, ustaxonalarni tozalash. Bularni batafsilroq ko‘rib chiqamiz:
O'quvchilarni uyushtirish. Darsning sifati ko‘p jihatdan uning
qanday uyushqoqlik bilan boshlanishiga bog'Iiq. Agar birinchi
minutlardanoq o'quvchilar o'qituvchining talabchanligini sezmasalar, o'zlarini mehnat jamoasining a ’zosi ekanliklarini, oldilarida muayyan o'quv-ishlab chiqarish vazifalari turganini his etmasalar, bu hoi darsda intizom ning buzilishiga, o'quvchilar aktivligining pasayishi va okazolarga olib kelishi mumkin. M ana shuning uchun tajribali o'qituvchilar darsning tashkiliy jihati bilan bog‘liq birinchi minutlariga katta e ’tibor beradilar.
Mehnat ta’limi darslari o ‘tkaziladigan xonalarga o'quvchilar
guruh bo'lib o'qituvchi bilan birgalikda uyushgan holda keladilar.
Jarohatlanishlariga sabab bo'ladigan xatti-harakat qoidalari buzilishining oldini olish uchun o'quvchilarning ustaxonada volg'iz qolishlariga ruxsat etilmavdi.
Xonaga kirishlari bilan o'quvchilar o'z ish o'rinlarini egallaydilar. Yo'qlama (navbatchi vordamida) qilinadi, o'quvchilarning ish kiyimlari tekshiriladi. Kivimlari mehnat xavfsizligi qoidalariga javob bermaydigan o'quvchilar mashg'ulotlarga kiritilmaydi. Asboblar va mahsulot (zagotovka)larni tarqatish darsni tashkil qilishning m uhim momentidir. Har bir ish o'rnini kesish va o'lchash asboblarining to'la komplekti bilan ta’minlash eng yaxshi variantdir. Tabiiyki, bu holda asboblarni tarqatish bo'lmaydi, har bir o'quvchi h a m m a zarur narsalarni o'z ish o'rnidan topadi. Afsuski, buning uchun maktablarning hammasida bunday imkoniyat vo'q va shu sababli asboblarni har gal tarqatishga, so'ngra
esa yig'ishga to'g'ri keladi. Bunga iloji boricha kamroq vaqt ketishi, ortiqcha harakat va shovqin bo'lmasligi uchun o'qituvchi navbatchilarni o‘ziga yordamchi qilib oladi. Ular asboblar solingan penallarni ish o ‘rinlariga tarqatib chiqadilar, zagotovkalarni yoki ishlab tam om lanm agan buyumlarni h a m tarqatadilar. iMetall mahsulotlar yashiklarda saqlanishi, bu yashiklarda sinf va g u ru h ­ lar ko‘rsatilishi kerak. Yashiklar ichida mahsulotlar ustiga familiyalar yozilgan qopchalarga solib qo'yiladi. Familiyalar biriktirilmagan buyum larning o‘ziga bo'r yoki maxsus ruchka bilan yozish chalkashliklarga olib keladi, chunki harflar o ‘chib ketib familiyalarni o ‘qish qiyinlashadi. Yangi materialni bayon qilish. Bu element ayrim darslardagina o ‘rinli. Ko'pincha yangi materialni bayon qilish kirish yo'riqnomasiga kiradi. Yangi materialni bayon qilishdan oldin o'quvchilarning uni idrok qilishga tayyorligi tekshiriladi, ya’ni o'quvchilarning oldingi darslarda olgan va bu topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalari qanday ahvolda ekanligi tekshiriladi.
Yangi materialni bayon qilish uning m azm uniga o'quvchilarning
yoshi va tayyorligiga bog'liq holda har xil tashkil etilishi mumkin.
Yangi materialning hajmi o'quvchilar o'zi o'zlashtira olishlarini nazarda tutib belgilanadi.
Bilim va malakalarni tekshirishning m azm uni darsga tayyorlanishda o'qituvchi tom onidan o'ylab qo'yiladi. Bunda ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan asosiy masalalar belgilanadi. Shuningdek, birinchi navbatda so'raladigan o'quvchilar ham aniqlanadi. Yangi materialning bayoni uni o'quvchilar qanday o'zlashtirganini tekshirish bilan yakunlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin