Tashkil qilish



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə42/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
90 minglik ish

Yakunlovchi yo'riqnoma. Har bir mehnat darsi o'quvchilarning
buyumlari qay holatda bo'lishidan qat’i nazar xulosalar chiqarish
bilan tugallanadi. Xulosalar chiqarish o'quvchilarning bilim va
malakalarini baholash bilan yakunlanadi. Darsda bajarilgan ishni
ballar bilan baholab bo'lmaydigan (masalan, operatsiya boshlangan, a m m o tam om lanm agan) hollarda o'qituvchi o'quvchilar
faoliyatini umumiy yo'sinda ta'riflash bilan chegaralanadi. O'qituvchi o'quvchilarning ish o'rinlari bo'ylab aylanib, ishni qanday bajarilganiga qarab baholashi, xulosa chiqarishning samarali shakli hisoblanadi. Bunday holda o'qituvchining baho qo'yishi o'quvchilarning o'z ish o'rinlarini tozalashi bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Shu tufayli o'quvchilar o'qituvchining xulosasini kutib bekor turib qolmaydilar. Dars um um iy xulosalar chiqarish bilan yakunlanadi. O'qituvchi o'quvchilarga yaxshi ishlangan buyumlarni ko'rsatadi, yuqoi sifatga nimalar tufayli erishilganini tushuntiradi. Agar ish jarayonida tipik xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, yakun yasashda bu xatolarning sabablari tahlil qilinadi. O'qituvchi m ehnat usullarini yana namoyish qiladi va
bu usullarni bajara olmagan o'quvchilarga ularni qaytarishni taklif qiladi.
Xonalarni yig'ishtirish. O'quvchilar ishni tamomlaganlaridan
keyin o'z ish o'rinlarini, u m u m a n xonani tartibga keltirishlari
kerak. Duradgorlik ustaxonasini vig'ishtirishga ko'proq vaqt t a ­
lab qilinadi. O'z navbatida mexanik uchastkani yig'ishtirish d u ­
radgorlik ustaxonasini vig'ishtirishga nisbatan ko'proq vaqt talab qiladi.
Darsning oxirgi bosqichi ko'proq vaqt oladi. Bu bosqichda bajariladigan ish b a ’zan ikkinchi darajalidek tuyiladi. Aslida esa yig'ishtirish ham darsning boshqa bosqichlari kabi ahamiyatga ega. Bunda, xususan, mehnat madaniyati tarbiyalanadi. Ongli ishchi novator ish o'rnini yig‘ishtirmay ketmaydi yoki uni yomon holda o ‘z navbatchisiga topshirmaydi. Bu sifat (xususiyat) o'quvchilarga ha m singdirilishi kerak. Bunda o'qituvchining yetakchilik roli hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yig'ishtirish ishlab chiqarishdagidek bajarilishi uchun barcha zarur narsalar bilan o'quvchilarni t a ’minlash m u h im d ir (verstaklardagi payraxalar, qirindilar latta bilan emas, cho'tkalar bilan tozalanishi kerak). Navbatchi o'quvchilar o'qituvchi bilan birgalikda ish o'rinlarini
qabul qilib oladilar. Shundan keyin o'qituvchi navbatchilarning
ishlarini baholaydi. M aktab ishi tajribasida uchastkadagi ish o 'r n in in g tozaligi uchun musobaqa kabi tarbiyaviy tadbir o'z ining afzalligini
ko'rsatadi. M usobaqa g'oliblari m a ’naviy jih a td a n mukofotlanadilar, ular haqida devoriy gazetada maqolalar e ’lon qilinadi. O'qituvchi ish o 'r n in in g holati o'quvchilar uchun n a m una bo'lishi kerak.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin