2. Amaliy m ashg'ulotlarni tashkil etish m etodikasi. O'qitish
shakli deganda o'quvchilarning aniq mashg'ulot (dars)dan ko'zda
tutilgan maqsadga erishishi uchun mehnat ta'limi o'qituvchisi
rahbarligida o'quv materialini ongli va faol ravishda puxta
o'zlashtirishga qaratilgan o'quv tarbiya faoliyatini tushunm oq
kerak. Shundan keyin mehnat t a i i m i d a foydalanadigan xilma-xil
shakllar masalasini oydinlashtirish zarur. O'quvchilarning o'quv
ustaxonasidagi o'quv mehnat ta’limi ishlarining asosiy shaklidan
biri dars yoki amaliy mashg'ulotdir. O'quv mehnat ishi si fat idagi darsning asosiy belgisi: o'quvchilar tarkibi doimiy va ularning bilimi (tayyorgarlik darajasi) taxm inan bir saviyada bo'lishi, mashg'ulotlar qat’iy jadval asosida, o'quv ishlari uchun belgilangan m a i u m vaqt davom etishi. Mehnat ta’limi o'qituvchisining bevosita rahbariigi, uning xilma-xil o'qitish metodlaridan foydalanishi darsni frontal, zvenolab va yakka shaklda olib boorish imkoniga ega bo'lishdan iborat deyish m um kin. Shunday qilib dars o'qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi
ha mda melmat t a ’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib
tashkil etishga, binobarin, o'quvchilarning yuqori unumdorlik
bilan o'qishini ham da dam olishini ta’millashga imkon beradi.
Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida o'quvchilarga mehnat qi-
lish yuzasidan qo'yilgan vazifalarni hal etish uchun faqat ayrim
darslarni yaxshi tashkil etishni o'zigina kifoya qilmaydi. To'g'ri va
uyg'un tashkil etilgandagina darsning m azm uni to'la va m aqsadga muvofiq ochilishi m umkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq ravishda quyidagiga
o'xshash har xil dars turlarini qo'llash mumkin:
1. Kombinatsiyali (o'qitish jarayoni ning h a m m a zvenolarini
o'z ichiga olgan) dars.
2. Operatsiyalarni o'zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish
m ehnat jarayonlarini o'rganishga) bag'ishlangan dars.
3. Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan ilgari o'rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) bag'ishlangan dars.
4. Kontrol-tekshirish, sinov topishiqlari va malaka olishga bag'ishlangan dars (chorak oxirida, yarim yillik, o'quv davrida).
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish t a ’limi asosan o'quv
ustaxonasida tashkil eti 1 ishini e ’tiborga olib shuni ham ta’kidlashimiz kerakki, o'quvchilar bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab (bir tipli yoki turli tipli ishlarning bajarilishiga qarab) darsni tashkil etish shakli ham (ishni yoki darsni frontal, butun sinf uchun, zvenolab, vakka va aralash turdagi) tanlanadi.
Masalan, o'quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bo'Isa (bolg'a tayyorlash, kalit yasash va hokazo) darsning frontal shaklini qo'llash mumkin. Bu holda o'qituvchi o'quvchilarning h a m m a
si uchun bitta umumiy vo'riqnoma beradi va ham m a o'quvchilarga
nisbatan qo'yiladigan umumiy talablar asosida buyumni tayyorlash
texnologiyasining to'g'ri bajarilishini kuzatib boradi.
O'quvchilar bajaradigan ishlar m azm uni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga yaqin lekin xarakteri, ya’ni konstruksiyasi boshqaboshqa bo'lgan hollarda darsni zvenolarda tashkil etish m a ’qul, masalan, tokarlik stanogini yig'ish (murakkab mahsulot vositasida o'rgatib o'qitish)da o'qituvchi ishni uzellarga ajratadi (uzatishlar qutisi, keyingi skoba va shunga o'xshash) va har bir uzelni 2—3 kishilik zvenoga topshiradi. Yig'ish operatsiyalariga oid h a m m a umumiy m a ’lumotlarni o'qituvchi frontal vo'riqnoma tarzida o'quvchilarga aytib beradi, har bir uzelning o'ziga xos m a ’lumotlarini esa har bir zvenoning o'ziga aytadi. O'qitishning bu shaklidan foydalanganda o'qituvchining ish hajmi, ayniqsa joriy yo'riqnomada, frontal formadagidan ko'ra ancha ortadi. Bi-
roq bundagi xilma-xil ishlar sonining ko‘p b o ‘lishi (stanokning
turli uzellari) o'quvchilarda kasbiy bilimlarning o'sishigagina
emas, balki politexnik bilimlari doirasining kengayishiga ham
yordam qiladi. Individual (yakka) 0‘qitish shaklini sinfdagi ko‘pchilik
o'quvchilar konstruksiyasi har xil, m a z m u n a n esa bir-biriga
yaqin b o ‘lgan ishlarni bajarganlarida qo‘llash m umkin. Bu xil
ishlar, masalan: o ‘quv ustaxonasi uchun xilma-xil mayda buyurtm alardan yoki dona hisobi uncha katta bo'lmagan turlitu m a n detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bo'lishi m um kin. Bunday hollarda o'qituvchi tayyorlanishi kerak bo'lgan buyum larning tayyorlanish texnologiyasini analiz qilib chiqib, o'quvchilarga frontal yo'riqnoma tarzida um umiy belgilarni (ma lumotlarni) va yakka shaklni qo'llaganda aytiladigan m a ’lumotlarni oldindan ajratib qo'yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan m a ’lumotlar ko'proq bo'ladi. Ko'ramizki, darsni individual shakl asosida tashkil etganda, o ‘qituvchi ko'proq tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lar ekan, bunda darsning induvidual
shakli va induvidual yo'riqnomadan iborat ikkita tushunchani
bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual yo‘riqnomani har qanday
shaklda tashkil etilgan darsda qo'llash m um kin, lekin bu ishning
hajmi frontal dars shaklida kamroq, induvidual shakldagi darsda
esa ko‘proq bo‘ladi.
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan
uchala dars shakllarining elementlaridan tarkib topadi.
Shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki, dastur materialining m az
muniga, ixtisos xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab
chiqarish t a ’limida boshqa tashkiliy shakllarni ha m qo'llash
m um kin. Masalan, o'quvchilar brigadasi shaklidagi o'qitish ishlab chiqarish sharoitida dars shaklini qo'llash m u m k i n bo'lmagan
hollarda maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi t a ’limni ko'pincha
ko'mir koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, kimyogarlar va qishloq xo'jaligiga tegishli ko‘pgina ixtisos ishchilarini
tayyorlashda qo'llash mumkin.