M ustahkam lash uchun savollar:
1. Ekskursiya darslarini amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko'rinadi?
2. O'quvchilar korxonalarga o'tkazilgan ekskursiya jarayonida nimalar bilan tanishadilar?
3. Ekskursiyalar darsdan tashqari mashg'ulotlarda qanday o'rin tutadi?
4. Ekskursiyalar qanday bosqichlarda tashkil etiladi?
5. Ekskursiyalarni o'tkazish metodikasini izohlab bering.
6. O'qituvchi ekskursiya uchun obyektni qanday tanlavdi?
7. Ekskursiyalar qanday yakunlanadi?
4 .6 . M e h n a t ta’lim i, k asb ta n la sh g a y o ‘l!ash da r sl arid a yan gi
p ed a g o g ik tex n o lo g iy a la rn i q o‘llash
Reja:
1. Pedagogik texnologiyalarning mazmun-mohiyati.
2. Zamonaviy pedagogik texnologiya turlarini ta'lim jarayonida qo'llanishi.
Tayanch iboralar:pedagogik texnologiya, pedagogik yondashuv, ta'lim texnologiyasi, keys stadi, baliq skeleti, nilufar guli, aqliy hujum, bumerang texnologiyasi, tarmoqlar metodi, o'yinli texnologiyalar, blits-so'rov.
1. Pedagogik texnologiyaning m azmun-m ohiyati. M a i u m k i har
qanday kasbda faoliyat samaradorligi va muvafaqqiyatli kasb ohiblarining tayyorgarligi, mahorati, o'z omilkorligini takomillashtirish ustida nechog'lik qunt va izchillik bilan ishlashiga bog'liq.
O'qituvchilik kasbida esa o'z bilimdonligi, zukkoligi, kasb m a
horati ni takomillashtirish ustida u m r bo'yi m untazam ishlamay
turib, el ardoqlagan, obro'-e'tiborli pedagog bo'lish m umkin
emas. Chunki o'qituvchi jamiyatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo'ygan ijtimoiy buyurtm asining asosiy ijrochisidir. Respublikamiz Prezidenti l.A. Karimov hozirgi paytda o'qituvchilar oldiga davlat va jamiyat qo'ygan talablarni quyidagicha bayon qilib berdi:
«Tarbiyachi-ustoz bo'lish uchun boshqalarning aql-idrokini
o'stirish, m a ’rifat ziyosidan bahram and qilish, haqiqiy fuqaro etib
yetishtirish uchun eng avvalo, tarbiyachining o'zi aynan shunday
yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buvuk fazilatlarga
ega bo'lishi kerak».
O'qituvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalar asosida
yangi shakl va m azmundagi kasbiy malaka berish ishi shunchalar keng qamrovli, ko'p qirrali, katta ko'lamlarga ega bo'lgan jarayondir.
Oliy ta’lim uzluksiz t a ’lim tizim ining alohida bosqichi sifatida
o'z oldiga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadini
q o ‘yadi, bu o‘quv maskanlari o'quvchilari chuqur umumilm iy
bilimlarga va faoliyatning tanlab olingan sohasida zarur kasbiy
ko'nikmalarga ega bo'ladilar, ilmiy va ilmiv-pedagogik kadrlar
tayyorlash ham ushbu ta’lim bosqichi doirasiga kiradi. Bilish va
voqelikni qayta o ‘zlashtirishning qudratli vositalarini olgan holda
maxsus fanlar asoslarining m ustahkam bilimlaridan foydalanibgina qolmasdan, ishlab chiqarishni tashkil etish, ijtimoiy amaliyotni rivojlantirish, tom m a ’noda moddiv va m a ’naviy madaniyatni o'z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy m a ’naviy salohiyati va
um um insoniy qadriyatlariga h a m d a hozirgi zamon madaniyati,
iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan m ukam m al t a ’lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va amaliyotga joriy qilish zarurligi ko'p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyalarning o'zi nima va 11 a n ’anaviy ta’lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid m a ’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya»,
«ilg'or pedagogik texnologiya», «zamonaviy pedagogik texnologiya» iboralari keng qo'llanmoqda. «Pedagogik texnologiya bu butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonida o'z oldiga ta'lim sifati va samaradorligini oshirish vazifasini qo'yuvchi texnik ham da shaxs resurslari va ularning o'zaro aloqasini hisobga olgan holda, bilimlar m az m unini ishlab chiqish, qo'llash va belgilashning tizimli uslubidir». Bu ta’rifdagi asosiy tushuncha «tizimli uslub» ekanligi ravshan, qolgan barcha so'zlar pedagogic texnologiyaning tizimi sifatidagi tarkibiy elementlarini ifodalaydi. Ayni tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning o'qitishda boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Ta’lim maqsadlari, uning m azm uni, o'qitish va t a ’lim berish uslublari, nazorat va natijalarni baholashni o'zaro aloqa va bir-biri
bilan bog'liqlikda loyihalashdan iborat. Masalan, axborotni eslab qolishga yo'naltirilgan, t a ’lim oluvchining bo'lajak faoliyati esa
muayyan ishlarni bajarish yoki tashkiliv boshqaruv va qarorlarni
qabul qilish bilan bog'Iiq bo'ladi.
Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning ta’riflari
(V. Bespalko, N .N . Azizxodjayeva, V. Guzeyev, V. Slastenin,
I. Volkov, 0 \ K . Tolipov, N.S. Saydaxm edov, M.V. K la rin,
1. Lerner va boshqalar) h a m keltiriladi, a m m o u l a r n i n g birontasi Y U N E S K O ta’rifi darajasiga ko‘tarila olmagan. Aytib o'tilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to‘g‘risidagi axborotni M D H mamlakatlari, jumladan, 0 ‘zbekistonda tarqalishida
V. Bespalko va M.V. Klarinlarning t a ’siri kuchliroq, M.V Klarinning pedagogikadagi texnologik yondashuvining tarkibiy tuzilishi va m azm uni to'g'risida birmuncha to'laroq m a ’lumotlar berilgan.
Pedagogik faoliyatda ba’zida «pedagogik texnologiya» tushunchasi bilan foydali bo'lsada, avval o'zlashtirilgan va texnologik qurilmagan o'qitish uslublari ataladi. Aslini olganda, pedagogic texnologiya bu o'qitishga o'ziga xos bo'lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya uslublari (o'zining boshlang'ich ma'nosida) dastlab o'qitishning harakatini namunaviy vazivatidagi (belgilangan qoida bo'yicha) o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor (reproduktiv) darajasi uchun ishlab chiqilgandi.
Reproduktiv ta’lim har qanday ta’lim ning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish bilan bog'liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalarning m a ’lum poydevori hosil qilinganidan kevingina, t a ’lim ning natijali produktiv va ijodiy yondashish uslublariga
o'tish mumkin.
Sanoatda «yuksak texnologiyalar» iborasi bor. Ular, odatda,
juda murakkab bo'ladi, katta sarmoyalar sarflanishini talab qiladi. Fanning so'nggi yutuqlariga asoslanadi. Xodimlardan maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Shunday bolsada, ular mahsulotning
yuqori sifati va raqobatbardoshligini, pirovard natijada salmoqli foydani t a ’minlaydi. Pedagogik texnologiyani o'qitishdagi «yuksak» uslubiyat qatoriga kiritish m um kin, a m m o uning joriy qilinishi katta sarf-xarajatlarni talab qilmaydi. Ta’lim sifatining kaliti pirovard oqibatda alohida o'quv yurti va aniq o‘qituvchi deydigan bo'lsak, pedagogik texnologiyani o'zlashtirish asosan pedagoglarni o'qitishni talab qiladi. Pedagogikada o'quvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir necha o'qitish usullari ishlab chiqilgan: muamoli o'qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o'yinlar, rollar bajarish, mavzuli o'qitish va hokazo. A m m o ular uzluksiz t a ’lim tizimida keng qo'llaniladi, deb bo'lmaydi. Bizning fikrimizcha, buning sababi har bir mashg'ulotlarga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko'zda tutishi, yuksak kasbiy mahoratni, ijodiy yondashuv va ko'p vaqt sarflashni talab qilishida bo'Isa kerak. Odatda har bir bunday mashg'ulot ssenariysi o'ziga xos xususiyatiga ega va betakrordir. Tubdan farq qiluvchi t a ’lim turlarini ko'rib chiqamiz: og'zaki-ko'rgazmali, texnologik va izlanuvchanijodiy. Og'zaki-ko'rgazmali (illyustrativ) yondashuv bu a n ’anaviy bo'lib va asosan o'qituvchining axborot berishi, o'quvchilarning bilimni qabul qilishi, to'plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ma'lumot berish tizimida tayyor bilimlarni «o'qituvchi o'quvchilarga», bu bilimlarga ularning ehtiyoji va faollik darajasi bilan bog'liq bo'lmagan holda, bevosita berish m um kin bo'lgan imkoniyatdan kelib chiqadi. Shunga ko'ra o'qituvchining asosiy vazifasi zaruriy axborotni m a ’lum qilish va uni xotirada m ustahkamlash ustida ishlashdir.
Bunday o'quv jarayonida o'quv fanining soatlar miqdori, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar oralig'ida soatlar taqsimoti, dars o'tish joyi qat’iy belgilab olinadi. Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o'quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi.
Maqsadga yo'naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib
borish, ta’limni alohida o'qitish, lavhalarga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash m um kin bo'lgan
ta’lim texnologiyasi g'oyasida mujassamlangan.
U asosan o'z ichiga quyidagi omillarni oladi (bunda qisqacha
m azm uni berilgan):
— ta’limda um umiy maqsadning qo'yilishi;
— tuzilgan um um iy maqsaddan aniq maqsadga o'tish;
— o'quvchilarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
— bajariladigan o ‘quv tadbirlarning majmuasi (bu bosqichda
o'quvchilar bilan muloqot asosida t a ’limga joriy tuzatishlar kiritilishi lozim);
— natijani baholash.
O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi uslubchi-o'qituvchilar guruhi pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqori roq
malaka talab etiiadi. Loyiha tayyor bo'lgach, o'qituvchi asosan
tashkiliy va maslahatchi (ijodiy qo'shimchalar kiritish imkonini
saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy vo'li aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, o'quvchi bilan muntazam o'zaro aloqani o'rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan o'quvchining xatti-harakati orqali o'qitishdir. O'zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o'quv jarayonini to'liq qamrab olishi kerak. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da t a ’limning yangi modeli, ya'ni yangi pedagogik
texnologiya asosida dars mezonini boyitib borish zarurligi h aqida nqtirib o'tilgan. O'quv jarayonini texnologiyalashtirish, dars
m azm unin i yangi axborot texnologiyalari bilan boyitish, hozirgi
zamon talabidir.
Pedagogik texnologiya bu o'qituvchi faoliyatini vangilovchi o'quv jarayonining belgilangan maqsad va m az m un asosida loyihalangan, shuningdek, o'quvchi shaxsini shakllantiruvchi, ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan omillar yig'indisidan iboratdir.
Endi metodikaga kelsak, o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish
(nazorat qilishning og'zaki, yozma, savol-javob, aralash, test va
hokazo) va o'tkazish borasidagi tavsiyalar yig'indisidir.
Yangi pedagogik texnologiya deganda o'qitish maqsadlarini yo'lga qo'yish, o'quv jarayonini tuzish va uni samaradorligini o'zida qamrab olgan, o'quv jarayonining to'liq boshqaruvchanlik g'ovasidan iborat bo'lgan m az m un tushuniladi. Shunday qilib, ilgaridan loyihalashtirilgan t a ’lim-tarbiya j a rayonining pedagogik texnologiyasi o'zidan metodlar tizimini, ta’limning usullarini, o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyat ко'r sat ish imkoniyatlari va vositalarini, o'quvchilarning ijobiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish maqsadini, yakuniy natijalarga erishish mohiyatini ujassamlashtiradi.