2. Ekskursiyalarning darsdan tashqari m ashg'ulotlarda tutgan o'rni. Ekskursiyaga tayyorlanish. Bu ish ekskursiya obyektini tanlashdan boshlanadi. Obyektni tanlash ekskursiya jara yonida qo'yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Masalan, 5-sinf o'quvchilari mehnat ta’limi darslarida tikuv materiallarini qirqish ishlarini bajaradilar (tikuvchilik korxonalariga ekskursiya uyushtirib, o'quvehilarni tikuv materiallarini qirqish bilan tanishtirish mumkin); 6—7-sinfda tikuvchilik buyumlariga ishlov berish o‘rganilgandan so'ng asosiy ta’limiy vazifa o'quvchilarga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish haqida tushuncha berishdan iborat bo'ladi (tabiiyki, bunday paytda ekskursiya uchun avtomat liniya yoki alohida avtomat mashinalar mavjud obyekt tanlanishi kerak).
Ekskursiya obyektlarini tanlashda qishloq joylarida m ehnat
t a ’limi o'qituvchisining imkoniyati nihoyatda cheklanganini nazarda tutish kerak. Buning ustiga ba’zan h a m m a ekskursiyalarni bitta korxonaning o'zida o'tkazishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda m ehna t ta'limi o'qituvchisi ekskursiyalar mazm u n a n takrorlanmasligi va ularga o'quvchilarning qiziqishi susaymasligi u c hun oldindan ustaxonalarda t a ’lim berishning b utun davri uchun o'tkaziladigan ekskursiyalarning rejasini tuzib oladi.
O'qituvchi ekskursiya uchun obyekt tanlagach korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va ekskursiyani kim o'tkazishi masalasini hal qiladi. Ekskursiyani o'qituvchining o'zi o'tkazsa, eng ko'p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki o'qituvchi m ana shu tadbirning t a ’limiy vazifalarini, o'quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning hamm asi unga ishni aniq olib borish, o'quvchilarning diqqate'tiborini ular uchun eng m u h im hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. Afsuski, har bir mehnat t a ’limi o'qituvchisi hozirgi sanoat korxonalarida o'tkaziladigan ekskursiyalarni boshqarishga tayyorlangan, deb bo'lmavdi. A na shunday hollarda ekskursiyani korxonaning xodimi o'tkazadi, o'qituvchi esa unga avval ekskursiyaning vazifalarini tushuntirishi lozim. Mehnat ta'limi o'qituvchisi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda ekskursiyaning marshrutini va o'quvchilarga
ko'rsatiladigan obyektni belgilaydi. Bunda o'quvchilarning xavfsizligi masalalariga katta e ’tibor beriladi. O'qituvchi ekskursiyani olib boruvchi bilan birgalikda o'quvchilarning korxona territoriyasidagi harakati xavfsizligini qanday ta’minlash, ularni sexga qanday joylashtirish kerakligi haqida fikrlashadi. O'qituvchi ekskursiya vaqtida o'quvchilarning aktivligini oshirish uchun ularga individual topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo'lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan (marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar bo'yicha detal mahsulotning eskizini tayyorlashdan,
qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin.