Tashkil qilish


Mehnatni tashkil etish shakllari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə24/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
90 minglik ish

Mehnatni tashkil etish shakllari. Mehnatni tashkil etishning xilma-xil shakllari mavjud bo'lib, mavzuning maqsadiga bog'Iiq bo'ladi. Chizm a chizishni barchaga barobar o'rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda zveno va yakka shakldan foydalaniladi. O'quvchilar va o'qituvchilar tom onidan birgalikda bajarilgan ish frontal usul deyiladi. H a r bir o'quvchi o'zi ish bajarsa yakka, bir necha o'quvchilar bitta amaliy ishni bajarsa zveno yoki frontal shakl deyiladi.
Mehnat ta'limi va kasb tanlashga yo'llash mashg'ulotlarining shakllari didaktik m aqsadning aniqligi, t a ’lim va tarbiya vazifalarining birligi, o'quv materialini to'g'ri tanlash, o'qitish modellarini maqsadga muvofiq tanlash, o'quvchilarning mustaqilligi, darsning tashkiliy aniqligi va o'quvchilar ishida xavfsizlikni ta’minlashni o'z ichiga oladi.
Masofaviy t a ’lim — maxsus o'qitish vositalari yordamida o'qituvchi bilan bog'lanish, shaxsiy jadval bilan o'zi xohlagan joyda o'qishi, o'z ustida intensiv, mustaqil ish lash i lozim bo'lgan, maqsadga yo'naltirilgan bilim olish turi. «Model» tushunchasi ilm-fanning ko'p sohalarida qo'llaniladi. Model -- sxema, fizik konstruksivalar, belgili shakllar va formulalar ko'rinishida s u n ’iy hosil qilingan obyekt bo'lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga o'xshash bo'ladi, uning tuzilishini, xususivatlarini, obyektning elementlari orasidagi o'zaro aloqalar va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi.
2. M ehnat ta’lim i, kasb tanlashga yo‘llash darslarining tiplari.
Har bir aniq dars oldiga qo‘yiladigan asosiy ta’limiy vazifaga qarab darsning tarkibi va ayrim bosqichlarining vazifasi o‘zgarishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan ustaxonalardagi darslarni bir necha tipga boiish m umkin.
Mehnat ta’limi darslarining asosiy tiplari.
1. 0 ‘quvchilar yangi bilimlarni egallaydigan darslar. Bu tipdagi
darslarga kirish mashg'ulotlari, shuningdek, asosiy t a ’lim vazifasi o'quvchilarga nazariy m a ’lumotlar berish, ularda ba’zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa o'quv mavzulariga
doir (masalan, «Poiatning asosiy sortlari va markalari», «Detallar
va mexanizmlar» mavzulari bo'yicha o ‘tiladigan) darslar kiradi.
O'quvchilarga yangi bilimlarni yetkazib beradigan darslarda yangi materialni bayon qilish asosiy o i i n n i oladi.
Masalan, 5-sinfdagi kirish m ashg‘ulotlarida yog'ochga ishlov berishni ham, metallga ishlov berishni ham o'rganishda o'quvchilarga ustaxonalarda har qanday buyumni tayyorlash uchta asosiy bosqichdan, ya'ni detallarni mexanik ishlash, yig'ish, oxirgi pardozlash bosqichlaridan iborat ekanini ko'rsatish vazifasi qo'yiladi. Bu vazifani hal qilish uchun darsni suhbat shaklida o'tkazish kerakki, unda o'quvchilarning kuchi sinflarda mehnat darslarida olgan bilimlariga tavanish m u m k in bo'lsin. O 'q i t u v c h I o'quvchilarga 1—■4-sinflarda buyumlarni tayyorlash qanday bosqichlardan iborat bo'lganini eslashni taklif qiladi. Shundan keyin bu bosqichlar o'quv ustaxonasida har xil buyum lar yasash jarayoni bilan taqqoslanadi. Natijada o'quvchilarning qiziqishlari ortadi va ularning politexnik bilim doirasi kengayadi, texnologik jarayon haqidagi dastlabki tushunchalar hosil qilinadi. «Po'latning asosiy sortlari va markalari» mavzusi bo'yicha dars
o'tish metodikasi boshqacha. Bu darsda o'qituvchining tushuntirishiga asosiy o'rin beriladi, chunki o'quv materiali o'z ichiga o'quvchilar uchun yangi m a ’lumotlarni ham oladiki, ularni bayon qilishda o'quvchilarning boshqa o'quv fanlaridan olgan bilimlariga tavanish qivin bo'ladi.
«Stanoklarda metallarni qirqish jarayoni» mavzusidagi darsda o'qituvchi tushuntirishni suhbat bilan qo'shib olib borishi m u m ­kin, chunki bu darsda asosiy vazifa o'quvchilarning tasavvurini va ustaxonadagi t a i i m davomida metallarni qirqish bo'yicha olgan bilimlarini umumlashtirishdan iborat bo'ladi. Umumlashtirish jarayonida o'quvchilarning bilimlariga tayanish, suhbatdan foydalanish uchun yaxshi sharoit yaratadi. A m m o o'quvchilar metallarni qirqish haqidagi bilimlarini umumlashtirib ana shu bilimlar bilan chegaralanib qolmaydilar, ularning bilimlari o'qituvchining tushuntirishlari tufayli kengavadi va to'ladi. Yangi bilimlar olish darslarida o'quvchilarning mustaqil ishlari ham o'z o'rnini topmog'i kerak, bu mustaqil ish yangi materialni darslikdan o'rganishdan, sodir bo'layotgan jarayonlarni
kuzatishdan (masalan, o'qituvchi metallarni charxlashda, «qirov»
hosil bo'lishini namoyish qiladi va hokazolardan) iborat bo'lishi
mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin