Tashkil qilish


Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə22/57
tarix23.01.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#80354
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
90 minglik ish

Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat. Sayohat — mehnat
ta’limini tashkil etishning shunday shakliki, u orqali o'quvchilar
bevosita ishlab chiqarish sharoitida jihozlar bilan tanishib,
texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni kuzatib boradi,
ya’ni o'quvehilarni bevosita ishlab chiqarish sharoitiga, jihozlar,
texnologik va mehnat jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida
ishlab chiqarish korxonalariga sayohat o'tkaziladi.
Sayohat jarayonida korxonalarda tayyorlaniladigan mahsulotlar, zamonaviy texnologiya, mehnatni ilmiy tashkil etish usullari
va ilg'or texnologik jarayonlar tanishtiriladi.
Sayohat dasturdagi mavzularni o'tib bo'lgach yoki o'tishdan
avval o'tkaziladi. O'qituvchi ekskursiya mavzusini avvaldan tanlaydi. Sayohat qachon, qaysi joyda borishligi aniqlanadi. Sayohat
aynan mana shu maqsad asosida uyushtiriladi.
Sayohat o‘tkazishda o'quvchi soni 15—20 tadan oshmasligi
kerak. Ekskursiya davomida frontal tarzda, ayrim hollarda yakka
tushuntirish va yo'llanma berish m um kin. Sayohat 3 bosqichda
o'tkaziladi.
1-bosqich. Sayohatga tayyorlanish. Bunda mavzu, maqsad,
vazifalar belgilanadi, obyekt tanlanadi. Korxona rahbari bilan shartnoma va ekskursiya rejasi tuziladi (mashg'ulot rejasi,
o'quvchilarga topshiriq va hisobot shakli).
2-bosqich. Sayohatning borishi. Sayohatning maqsad va vazifasiga ko'ra ko'chada, korxonada tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalari, tartiblari, kuzatish obvekti, o'quvchilarga topshirilgan vazifalar eslatiladi. O'qituvchi sayohatning boshidan oxirigacha birga bo'lishi, biror baxtsiz hodisa ro'y bersa, ekskursiyani to'xtatib tegishli chora ko'rishi kerak. Sayohat maxsus tayyorlangan mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
3-bosqich. Sayohatni yakunlash. Sayohat albatta yakunlanishi shart. Sayohat davomida tug'ilgan savollar hal qilinadi. Sayohat korxonada o'tkazilgan yakunlovchi suhbat bilan cheklanmaydi. Sayohatning yakunida mehnat t a ’limi mashg'ulotlarida berilgan topshiriqlarning bajarilishi m uhokam a etiladi. Sayohat vaqtida qayd etilgan m a ’lumotlar daftarga yozib qo'yiladi. Sayohat yakuni bo'yicha referat yozish, albom tayyorlash, taassurotlar asosida rasm chizish mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin