Birikma detallarini grafik ravishda tasvirlash, val va teshikning chekli
o‘lchamlari farqini aniqlashni osonlashtiradi ular orasida xosil bo‘ladigan tirqish,
taranglik va joizlik qiymatlarini hisoblashni soddalashtiradi. Eng katta va eng kichik
yo‘l qo‘yilgan o‘lchamlar orasidagi shtrixlangan yuza joizlik maydoni deb ataladi
va uning balandligi joizlik qiymatiga teng. Ammo bunday sxema yetarli tushunchani
bersa ham, lekin ma’lum bir masshtabda chizish noqulaydir, chunki detal o‘lchami
bilan uning chekli og‘ishlari orasidagi farq juda katgadir. Shuning uchun, amaliy
maqsadlar uchun joizlik maydonini chizishning oddiy sxemasida, chekli og‘ishlarni
hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi qilib, nominal o‘lchamga teng bo‘lgan
gorizontal nol chizigi qabul qilingan. Nol chizigidan ma’lum masshtabda chekli
og‘ishlarning musbat ishoralilari yuqoriga, manfiy ishoralilari pastga qo‘yiladi.
qo‘yilgan qiymatlardan nol chizig‘iga parallel o‘tkazilgan chiziqlar orasi joizlik
maydonining chegaralari hisoblanadi.
Joizlik maydoni sxemasini ko‘rishni quyidagi misollarda ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: