Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1015
w www.oriens.uz May 2021 sifatida shakllanishiga hamda kommunikativ qobiliyatlarining yuqori darajada
rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Shu bilan birga tadqiqotda Snayderning “Muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish”
so‘rovnomasidan ham foydalandik. Tadqiqotda olingan natijalarni quyidagi jadvalda
umumlashtirdik.
Pedagogika oliy o‘quv yurti talabalarining muloqotda o‘z-o‘zini boshqarishi.2-
jadval
Kurslar
Muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish
darajasi
1-kurs
3,2
2-kurs
5,3
3-kurs
6,5
4-kurs
9,7
Yuqoridagi jadvalda ko‘rinib turganidek, 1-kurs talabalarida muloqotda o‘z-
o‘zini boshqarish darajasi 3,2 ga teng, ya’ni kommunikativ nazorat sust; hulq - atvor
barqaror, vaziyatga qarab o‘zgaravermaydi, muloqotda samimiy ravishda ko‘ngildagi
gapni gapirish ehtimoli yuqori: dangallik va cho‘rtkesarlikning kuchli ekanligi
atrofdagi ba’zilarga yoqmasligi mumkin.
Ikkinchi kurs talabalarida muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish darajasi 5,3 ga teng,
kommunikativ nazorat o‘rtacha; samimiyat daraji yuqori, lekin ba’zida hissiyotlar
«jilovi» bo‘sh qo‘yib yuboriladi: xulq- atvorda atrofdagilarning fikrlarini inobatga
olish mavjud.
Uchinchi kurs talabalarida muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish darajasi 6,5 ga
teng, kommunikativ nazorat o‘rtacha; samimiyat daraji yuqori, xulq- atvorda
atrofdagilarning fikrlarini inobatga olish mavjud.
To‘rtinchi kurs talabalarida muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish darajasi 9,7 ga
teng, kommunikativ nazorat yuqori; tezlik bilan har qanday rolga kirisha olish;
vaziyat o‘zgarishi bilan shaxsiy xulq- atvorni osongina o‘zgartirish; atrofdagilarda
qanday taasurot qoldirilishini oldindan bilish xos.
Olingan natijalar haqida aniqroq tasavvur hosil qilish hamda qiyosiy tahlil
uchun quyidagi 3-rasmni hosil qildik.
Quyidagi rasmni o‘zaro taqqoslab, pedagogik ta’lim olayotgan talabalarda
kursdan-kursga o‘tgan sayin muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish darajasi ham dinamik