Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
1018
w
www.oriens.uz
May
2021
Yuqoridagi rasmdan pedagogik ta’lim olayotgan talabalarning kommunikativ
qobiliyatlari, muloqotchanlik darajasi bosqichma-bosqich dinamikasi texnik ta’lim
olayotgan talabalarga qaraganda bir muncha yuqoriligi ko‘rinib turibdi.
Pedagogik ta’lim sharoitida talabalarda kommunikativ
va tashkilotchilik
qobiliyatlari hamda muloqatchanlik darajalari kursdan-kursga o‘tgan sayin dinamik
ravishda ortib borishi tadqiqotlar davomida aniqlandi. Talabalar yuqori kursga o‘tgan
sayin seminar mashg‘ulotlarida javob berish, ma’ruzalarning
yangi pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilishi, bu esa har bir talabaga o‘z mustaqil fikrini
bayon etish, o‘z fikrini himoya qilish kabi
kommunikativ malakalarini
rivojlantirishga imkoniyat, sharoit hosil qiladi. Shu bilan birga to‘rtinchi kurs
talabalarida “Trening o‘tkazish metodikasi” fanining o‘tilishi ham ularda
kommunikativ qobiliyatlarning yuqori darajada rivojlanishiga
bir omil rolini
o‘ynaydi.Shuningdek, 4 -kurslarda o‘tiladigan pedagogik amaliyot ularning
mutaxassis sifatida shakllanishiga hamda kommunikativ qobiliyatlarining yuqori
darajada rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Pedagogik ta’lim olayotgan talabalarda kursdan-kursga o‘tgan
sayin
muloqotda o‘z-o‘zini boshqarish darajasi ham dinamik ravishda ortib borishining
guvohi bo‘ldik.1-kurs talabalarida kommunikativ nazorat sust darajada namoyon
bo‘lsa, bitiruvchi kurslarda kommunikativ nazorat yuqori darajada
ekanligi yaqqol
ko‘rinib turibdi. Texnik ta’lim olayotgan talabalarda esa kommunikativ nazorat
ko‘rsatkichi - quyi kurslarda sust darajadan bitiruvchi kurslarda o‘rta darajagacha
o‘zgarganini payqash qiyin emas. Demak, pedagogik ta’lim
sharoitida talabalarda na
faqat kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari, balki muloqotda o‘z-o‘zini
boshqarish darajasi ham ortishi kuzatildi.
Talabalarda shaxsida kasbiy kunikma va malakalarning shakllanishida
motivatsiyaning o‘rni muximdir. Chunki insonni
xar kanday faoliyatga
yo‘naltiruvchi ichki kuch mavjud bo‘lib, u bajarilayotgan ishning mazmun
moxiyatiga o‘ziga xos yo‘nalish va ko‘rsatmalarni beradi. Shu bois pedagogik
faoliyatning samaradorligi kup jixdtdan pedagoglik kasbiga nisbatan bo‘lgan
ishtiyok., intilish, istaklariga bog‘liq buladi.
Motivatsiya tushunchasining mazmun mox,iyatini aniqlash borasida bir
qator
olimlar tomonidan ta’riflar, karashlar g‘oyalar ilgari surilgan.
S.L.Rubinshteyn tomonidan motivatsiya-bu psixika orqali amalga oshuvchi
determinatsiya dir.