Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1013
w www.oriens.uz May 2021 notanish odamlar bilan suhbatlashayotganda, ko‘pchilik oldida biror narsani aytib
berayotganda o‘zini noqulay his etadilar, xafagarchilikni og‘ir o‘tkazadilar. Birinchi
kurs talabalarida kommunikativ qobiliyatlarning sustligi ularning oliy ta’lim
jarayoniga moslashmaganligi bilan ham izohlash mumkin.
Ikkinchi kurs talabalarida kommunikativ qobiliyatlar 0,6 ga, tashkilotchilik
qobiliyatlari esa 0,7 ga teng, ya’ni ushbu qobiliyatlar talabalarda o‘rtacha rivojlangan.
Ikkinchi kurs talabalari birinchi kurs talabalariga qaraganda ancha faol bo‘lib
qoladilar, ushbu faollik ularning kommunikativ va tashkilotchilik faoliyatlarida
ham namoyon bo‘ladi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga intiladilar, tanishlari
doirasini chegaralab qo‘ymaydilar, o‘z fikrini himoya qilishga harakat qiladilar,
ammo ularning bu xususiyatlari barqaror emas.
Uchinchi kurs talabalarida kommunikativ qobiliyatlar 0,7 ga, tashkilotchilik
qobiliyatlari esa 0,8 ga teng, kommunikativ va tashkilotchilik moyilliklari yuqori
darajada. Ular yangi sharoitda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydilar, tanishlari doirasini doim
kengaytirishga intiluvchi, muloqotda tashabbuskor, ijtimoiy faoliyatda jonbozlik
bilan ishtirok etadilar, murakkab vaziyatda mustaqil qaror qabul qila oladilar.
To‘rtinchi kurs talabalarida kommunikativ qobiliyatlar 0,8 ga, tashkilotchilik
qobiliyatlari esa 0,9 ga teng, kommunikativ va tashkilotchilik moyilliklari juda yuqori
darajada. Ularda kommunikatsiya va tashkilotchilik ehtiyoj bo‘lib qoladi, doim uni
qondirishga intiladilar, yangi jamoada, yangi muhitda o‘zini juda erkin tutadilar,
tashabbuskor, o‘z fikrini oxirigacha himoya qiladilar, turli o‘yinlarni, tadbirlarni
uyushtirishni yaxshi ko‘radilar.
Pedagogik va texnik tahsil olayotgan talabalarda kommunikativ va
tashkilotchilik qobiliyatlarining qiyosiy dinamikasi haqida aniqroq tasavvur hosil
qilish uchun quyidagi rasmlarni hosil qildik.