Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə51/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

Nazorat savollari

  1. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi nima va u qaysi sabablarga ko‘ra yuz beradi?

  1. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  2. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining qanday turlari mavjud?

  3. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining zamonaviy tarkibi va dinamikasini aniqlang.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi markazlari va yo‘nalishlarini aniqlang.

  5. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro darajada qaysi tashkilotlar tomonidan tartibga solinadi?

  6. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solishning qanday usullari mavjud?

  7. Immigratsiya siyosati va uni amalga oshirish dastaklari nimalardan iborat?

  8. Emmigratsiya siyosati nima va qanday xususiyatlarga ega?

12-MAVZU. Xalqaro iqtisodiy integratsiya

12.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatiy, formalari va bosqichlari


12.2. G’arbiy Yevropa iqtisodiy integrasiyasi. Yevropa ittifoqi.
12.3. MDH davlatlarining iqtisodiy hamkorlik muammolari.


Tayanch boralar: integratsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya, ittifoq, umumiy bozor, bojxona ittifoqi


12.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyatiy, formalari va bosqichlari
Jahon xo'japigvda o'zaro bir-biri bilan bog'liq kuyidagi ikki tendentsiya xarakzt qilmoqsa:
- jahon xo'jaligi yaxlitligining shakllanish jarayoni —globallashuv;
- mintaqaviy iqtisodiy integrasiya.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yuqori, samarali va istiqbolli bosqichi, iqtisodiy munosabatlarni xalqarolashtirishning yangi va murakkab bosqichi. Ushbu bosqichda nafaqat milliy iqtisodiyotlarning yaqinlashuvi, balki iqtisodiy muammolarni birgalikda hal qilish ham ta'minlanadi. Natijada, iqtisodiy integratsiya davlatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlik jarayoni sifatida tasvirlash mumkin, bu esa davlatlararo bitimlar va kelishilgan holda tartibga solinadigan davlatlararo tuzilmalar shaklini oladigan iqtisodiy mexanizmlarni bir-biriga yaqinlashtirishga olib keladi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita tendentsiya mavjud. Bir tomondan, jahon iqtisodiyotining yaxlitligi, uning globallashuvi kuchaymoqda, bu mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishi, savdoni liberallashtirish, zamonaviy aloqa va axborot tizimlarini, jahon texnik standartlari va normalarini yaratish bilan bogliq.
Boshqa tomondan, mamlakatlarning mintaqaviy darajada iqtisodiy yaqinlashuvi va o'zaro ta'siri yuzaga kelib, jahon xo’jaligining nisbatan mustaqil markazlarini tashkil etish yo'nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy integratsiya tuzilmalari shakllanmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga ega bo'lgan bir nechta mamlakatlar iqtisodiyotlarining yagona iqtisodiy organizmni yaratishga qaratilgan yaqinlashish va o'zaro bog'lanish jarayonidir.
Boshqacha aytganda, bu chuqur barqaror munosabatlarni rivojlantirish va milliy xo'jaliklar o'rtasida mehnatni taqsimlash, ular iqtisodiyotining turli darajalarda va turli shakllarda o'zaro ta'siri asosida mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy birlashuv jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII) atamasi XX asrning 30-yillarida nemis va shved iqgisodchilarining asarlarida birinchi marta ishlatilgan. Integrasiya so'zi lotin tilida "integratio" so'zidan olingan bo'lib, "qo'shilib ketish", "birlashish", "qismlarning bir butunlikka aylanishi"' deb tarjima qilinadi.
Xalqaro iqtisodiy integrasiya deganda milliy xo'jaliklar o'rtasida chuqur barqaror o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning yuqori darajadagi baynalmilallashuvi tushunilib, u qator mamlakatlar takror ishlab chiqarish tarkibining asta-sekin qo'shilib ketishiga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya o'z rivojlanishida to'rt bosqichdan o'tdi: milliy tovarlarni jahon bozoriga chiqarish; milliy ishlab chiqarish omillarini (kapital va ishchi kuchini) jahon bozoriga chiqarish; TNK va mintaqaviy xalqaro tuzilmalar jahon maydoniga chiqishi; globallashuv.
Tahlillar ko'rsatishicha, XII quyidagi ob'ektiv omillar va sabablarga asoslanadi:

  • xo'jalik hayoti baynalmilallashuvining o'sib borishi;

  • xalqaro mextsattaqsimotiningchukurlashuvi;

  • umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyogining o'ziga xosligi;

  • milliy iqgisodiyotlar ochiqligi darajasining ortishi;

  • integrasiyalashaetgan mamlakatlarda daromadlarshng ortishi;

  • yangi savdo oqimlarining paydo bo'lishi;

  • ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqgisodiy farovonlikning o'sishi;

  • integrasion birlashmaga a'zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozisiyasining mustgahkamlanishi;

  • mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integrasion birlashmaga a'zo mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiypoziyasiyasining mustahkamlanishi.

Ushbu omillarning barchasi o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lib, integrasiya mamlakatlar o'rtasidagi (xalqaro meqnat taqsimoti asosida) barkeror iktisodiy aloqalarning rivojlanishi va qayta ishlab chiqarishning milliy xujalik doirasidan chetga chiqishi jarayonidir.



Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin