GLOSSARIY Avizo —o’zaro hisob-kitoblar holatidagi o’zgarishlar to’g’risida bir kontragentning ikkinchi kontragentga jo’natadigan xabari, shu jumladan uning hisob varag’iga o'tkazmalar kelib tushgani haqida, akkreditiv ochilishi va hokazolar to’g’risida bank tomonidan mijozga yuboriladigan xabarnoma.
Avtarkiya (autarky) — mamlakatning jahon bozoridan ixtiyoriy yoki majburiy tarzda mahdudlanish siyosati, davlatning xo'jalik jihatidan alohida yashashi. Olib kiriladigan tovarlarga yuqori cheklash bojlarining belgilanishi, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishga to’sqin lik qiluvchi shart-sharoitlarni yaratish avtarkiyaning asosiy vositalari hisoblanadi.
«Aqlning oqib o‘tishi» - yuqori malakali mutaxassislaming mamlakatlararo migratsiyasi.
ASEAN — 1967-yilda Bruney, Vyetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Ma- layziya, Myanma, Singapur, Tailand va Filippin tomonidan tashkil etilgan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi.
APEC — 1989-yilda Avstraliyaning taklifi bilan Tinch okeani xavzasida iqtiso diy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani iqti sodiy hamjamiyati.
Bojxona boji— bojxona organlari tomonidan tovarlar import va eksport qili- nayotganda undiriladigan hamda eksport-importning sharti hisoblangan majburiy to‘lov.
Bojxona ittifoqi — o ‘zaro savdoda bojxona to'siqlari bekor qilingan va a ’zo bo'lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BENILYUKS — 1960-yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o‘rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
BRIC — barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida salmodi ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat mamlakat- lar guruhi.
Demping — savdo siyosatining moliyaviy metodi bo'lib, tovami tashqi bozorga mamlakatdagi mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqa rish.