Davlatning migratsiya siyosati — ishchi kuchi eksporti-importini tartibga so- lishga qaratilgan davlat siyosati.
Devalvatsiya — milliy valuta kursining kamaytirilishiga qaratilgan tadbir. Derivativlar — biron-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shaldi.
Eksport — tovarlami xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi tovarlar savdosi.
Eksportga yo‘naltirilgan siyosat — ayrim tovarlami tashqi bozorga chiqarish uchun ushbu tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashish (Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli — milliy iqtisodiyotning ustur darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning eksportga y o ‘naltirilganligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modeli.
Erkin iqtisodiy zonalar — shunday geografik hududki, ularda mamlakatda qabul qilingan normal xo'jalik faoliyat yuritishi tartibiga qaraganda nisbatan imti yozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo siyosati— tashqi savdodagi to‘siqlami minimallashtirish siyosati.
Eksportni ixtiyoriy cheklash — rasmiy davlatlararo yoki tovar eksportiga no- rasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan cheklash.
Eksportni kreditlash — tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi bo‘lib, dav- lat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun moliyaviy rag'batlantirishni ko‘zda tutadi.
Eng qulay savdo rejimini yaratish — bu xalqaro savdo shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlami taqdim etish ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu mam lakatlar yoki uchinchi davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
Emigratsiya — mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan ko‘chib ketishi.
Erkin konvertirlanadigan valuta — har qanday xorijiy valutaga erkin va chek- lanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.