Jahon bozori — xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi — jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmat lar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
Ko‘pmillatli korporatsiyalar (KMK)— bosh kompaniya ikki va undan ortiq
mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli mamlakatlarda joylash- gan korporatsiyalar.
Litsenziyalash — davlat mutasaddi organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoli- yatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan tovarlami muayyan vaqt mcbaynida ma'lum miqdorda eksport yoki import qilishga ruxsat berish.
Litsenzion to‘lov — litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan fbydalan- ganligi evaziga litsenzialarga to'lanadigan to'lov.
Litsenziya — texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor tomonga (litsenziatga) patent bilan himoyalangan yoki himoyalanmagan texnologiyadan muayyan muddat va to‘lov evaziga foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.
Litsenziya shartnomasi — xalqaro savdo bitimi bo'lib, unga muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini xaridorga muayyan chegara va shart- larda foydalanish uchun beradi.
London klubi — xususiy sektorga kiruvchi xo'jalik subyektlarining tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro klub.
Mehnat taqsimoti– tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimi bo'lib, u jamiyatning rivojlanish jarayonidagi faoliyatning sifat jihatdan tabaqalashuvi natijasida shakllanadi.
Xalqaro iqgisodiyot - turli mamlakatlarga tegishli xo'jalik sub'ektlari o'rtasvdagi o'zaro iqgasodiy aloqalar bilan bog'liq qonuniyatlarni o'rganuvchi bozor iqgasodiyoti nazariyasi.
Xalqaro iqgisodiy munosabatlar - rezidenglar va norezidentlar o'rtasidagi xo'jalik munosabatlari.
Xalqaro mehnat taqsimoti – bu davlatlar o'rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimlanishi bo'lib, u alohida davlatlar ishlab chikarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.