8.2. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv
8.3. Xalqaro turizm
Tayanch iboralar: xizmatlar, savdo qilinmaydigan xizmatlar, omilli xizmatlar, transport xizmatlari, sayohatchi, turizm 8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi Jahon xo'jaligidagi milliy iqtisodiyotlarning XXI asr bo'sag'asidagi xususiyati shundaki, uning tarkibida xizmatlar sohasining ulushi barqaror sur'atlarda o'sib bormoqda. Xizmatlar sohasining pirovard natijasi tovarlar ko'rinishida emas, balki buyumlashgan noyob iste'mol qiymatlari - xizmatlar hisoblanadi.
XX asrning 80-yillaridayoq jahon yalpi ichki maxsulotining 64% i xizmatlardan iborat bo'lishiga qaramasdan uzoq davr mobaynida xizmatlar xalkaro iktisodiy munosabatlar fanida chuqur o'rganilmagan. Shu munosabat bilan xizmatlar tushunchasi ta'rifida iqgisodiy adabiyotda yakdillik bilan umumqabul qilingan ilmiy yondashuvlar yo'q.
Xalqaro xizmatlar savdosi sohasini o'rganishdagi birinchi vazifa xizmatlarga ta'rif bershp va uning iktisodiy faoliyatning boshqa turlaridan farqini aniqlab olish zarur.
Xizmatlar - ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi kelishuv munosabatlari asosida boshqa shaxslarning extiyojlarini kondirishga yo'naltirilgan (mehnat konuniy munosabatlari asosidagi faoliyatdan tashqari) faoliyat.
Xalqaro tovarlar savdosi va xizmatlar savdosi bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Tovarlarni xorijga etkazib berishda bozorlarni tahlil qilishdan boshlab tovarlar transportirovkasigacha bo'lgan ko'pgina xizmatlar ko'rsatiladi. Xalqaro aylanmaga kelib tushuvchi ko'pgina xizmatlar turlari tovarlar eksporti va importi tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga xizmatlar savdosi an'anaviy tovarlar savdosiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan solishtirganda quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
chegarada emas balki mamlakat ichida ichki qonunchilikka mos ravishda tartibga solinadi. Xizmatning chegara bilan kesishgashshk haqidagi fakgning mavjud yoki mavjud emasligi xizmat eksporti mezoni bo'la olmaydi;
xizmatlar saqlashga moyil emas, ular bir vaqtda ishlab chiqariladi va iste'mol qilinadi. Shu tufayli ko'pgina xizmatlar turlari ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi to'gridan-to'gri shartnomalarga asoslanadi;
xizmatlarni ishlab chiqarish va realizasiyasi modsiy ishlab chiqarish xamda savdoga qaraganda katta davlat himoyasiga ega. Ko'pgina mamlakatlarda transport, aloqa, moliyaviy va sugurta xizmatlari, ilm - fan, ta'lim, sog'liqni sakdash butunlay yoki qisman davlat mulki tarkibida va uning qatiy nazorati ostida bo’ladi;
xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan chambarchas aloqada va unga kuchli ta'sir qiladi. Masalan, xizmatlar sohasining katta hajmda texnik xizmatni, axborot va maslahat xizmatlarini talab qiluvchi ilmtalab tovarlar savdosiga ta'siri katta;
xizmatlarning hamma turi tovarlarga qaraganda savdo predmeta bo'la olmaydi. Asosan, ichki isge'molga kelib tushuvchi xizmatlar xalqaro xo'jalik aylanmasi tarkibiga kiritilmaydi.