Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyliklarining mamlakatlar o’rtasida almashinishining turli yo’nalishlari, shakllari va vositalarini ifodalovchi yaxlit tizimdir


Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv



Yüklə 468,93 Kb.
səhifə38/69
tarix01.03.2023
ölçüsü468,93 Kb.
#86129
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69
Tashqi iqtisodiy aloqalar moddiy, moliyaviy va intellektual boyl

8.2. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv
GAT S (The General Agreement on Trade in Services) — Xizmatlar savdosi bo'yicha Bosh bitim. Global miqyosda xizmatlarning savdo almashinuvini tartibga solish asosiy xalqaro hujjat Xizmatlar savdosi bo'yicha bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi. GATS 1995 yil 1 yanvardan kuchga kirgan, Urugvay raundida qabul qilingan va JSTni tashkil etish to'g'risidagi shartnomaning asosiy ilovalaridan biri hisoblanadi.
GATS tartibga soladigan xizmatlar JST kotibiyati tomonidan 12 ta asosiy bo’limga ajratilgan: biznes, muhandislik, ta'lim, sayyohlik, transport, telekommunikatsiya, moliyaviy va boshqa xizmatlarga guruhlangan. Xizmatlar savdosining o'ziga xosligi (nomoddiy, saqlanmasligi) tufayli qulaylik rejimi har bir mamlakat uchun alohida qo'llaniladi. JSTga a'zo davlatlar Bitim qoidalariga muvofiq xizmatlarning muayyan bo'limlarini aniqlaydi va ular xorijiy raqobatga qanchalik ochiq bo'lishi mumkinligini belgilab beradi.
Xalqaro xizmatlarning savdosini tartibga solish muayyan o'ziga xos xususiyatga ega. Buning sababi shundaki, juda ko'p turli xil shakllar va mazmuni bilan ajralib turadigan xizmatlar umumiy xususiyatlarga ega bo'lgan yagona bozorni tashkil etmaydi. Biroq, unga uni global miqyosda tartibga solish imkonini beradigan umumiy tendentsiyalarga ega. Hozirgi kunda jahon xizmatlar bozori to'rtta darajada tartibga solinadi: xalqaro (global), tarmoq (global), mintaqaviy va milliy.
Xizmatlarni tartibga solishda GATTning tovarlarga nisbatan ishlab chiqilgan qoidalaridan foydalanadi: kamsitmaslik, milliy rejim, shaffoflik (qonunlarni o'qishning oshkoraligi va birligi), milliy qonunlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar zarariga ishlatmaslik.
GATS uch qismdan iborat: xizmatlar savdosini tartibga solishning umumiy tamoyillari va qoidalarini belgilovchi ramkali kelishuv; alohida xizmat ko'rsatish sohalari uchun maqbul bo'lgan maxsus bitimlar va milliy hukumatlarning xizmat ko'rsatish sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish bo'yicha majburiyatlari ro'yxati. Shunday qilib, GATSning faoliyat sohasidan faqat bitta, mintaqaviy darajada tartibga solish chetda qolayapti.
Tarmoq darajasida xizmatlar savdosini xalqaro tartibga solish vazifalarini hal qilish ixtisoslashgan hukumatlararo tashkilotlar, masalan, Jahon sayyohlik tashkiloti (WTO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO- International Civil Aviation Organization), Xalqaro dengiz tashkiloti (International Maritime Organization, IMO) kabilar tomonidan amalga oshiriladi.
Xalqaro xizmatlar savdosining mintaqaviy darajasi integratsiya guruhlari doirasida tartibga solinadi. Bunda xizmatlarning o'zaro savdosiga (masalan, Yevropa Ittifoqida) cheklovlarni olib tashlash va uchinchi davlatlar bilan bunday savdoga cheklovlar qo'yilishi mumkin.
Milliy darajada tartibga solish alohida davlatlarning tashqi savdosiga taalluqlidir. Ikki tomonlama savdo shartnomalari orqali amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismi xizmatlar savdosi bo'lishi mumkin. Bunday shartnomalarda muhim o'rin xizmatlar sohasida investitsiyalarni tartibga solishga beriladi.
GATS birinchilardan bo'lib xalqaro savdoni amalga oshirishning sog'lom raqobat va kelishilgan qoidalariga asoslangan mexanizmini yaratdi. GATS 6 ta bo'limga birlashtirilgan 35 ta modda va ilovadan iborat.
Gatsda xalйaro xizmatlar savdosining йuyidagi jihatlari ko'rib chiqiladi:

  • qo'llanish sohasi va mazmuni, umumiy majburiyatlar va qoidalar (mumkin qadar qulaylik rejimi, oshkoralik, rivojlanayotgan mamlakatlarda qatnashish xususiyatlari, iqtisodiy integrasiyani hisobga olish, ichki tartibga solish, himoya choralarini qo'llash imkoniyati. umumiy istisnolar, subsidiyalar va b.);

  • maxsus majburiyatlar (bozorga ruxsat, milliy rejim, qo'shimcha majburiyatlar);

  • bosqichma-bosqich erkinlashtirish (maxsus majburiyatlar bo'yicha kelishuvlar, maxsus majbariyatlar ro'yxati va ularning o'zgarishi);

  • institusional majburiyatlar (konsultasiyalar, nizolarni tartib ga solish va qarorlarni bajarish, xizmatlar savdosi bo'yicha Kengash);

  • ilovalar. Ilovalarda moliya xizmatlari batafsil ko'rib chiqiladi, ularning tasnifi beriladi, Gatsning umumiy majburiyatlari va qoidalaridan chiqarib tashlash imkoniyatlari.

Gatsda quyidagi ikki turdagi majburiyatlar ko'zda tutiladi:

  • umumiy - mamlakatlar tomonidan so'zsiz qabul qilinadi;

  • maxsus - u yoki bu mamlakat xizmatlar bozoriga kirib borishning aniq shartlari bilan bog'liq majburiyatlar.

Umumiy majburiyatlar —bu mumkin qadar qulaylik rejimi bo'lib, bu rejim a'zo mamlakatlarning milliy xizmatlar bozoriga kirishida teng hukuqlilikni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu rejim milliy xizmatlar bozoriga kirish usullariga nisbatan cheklovlar o'rnatmaydi.
GATS ushbu rejimning majburiyligini belgilash bilan birga, istisno holatlarini ham tan oladi. Mamlakatning xalqaro iktisodiy integrasion birlashma doirasida hamkor mamlakatlarga nisbatan o'rnatadigan maxsus imtiyozlar tizimi mumkin qadar qulaylik rejimidan istisno holatlarga kiradi.
GATS ning asosiy qoidalari ko'p jihatdan GATT ni eslatadi:

  • milliy rejim - xizmatlarning xorijiy ta'minotchilari va xizmatlarning uzi milliy xizmat ishlab chiqaruvchilar foydalanadigan rejimdan foydalanishlari zarur;

  • mumkin qadar qulaylik berish rejimi - hammaga bir hil rejimni va bitim ishtirokchilari o'rtasida kamsitishlar mavjud bo'lmasligini ko'zda tutadi;

  • oshkoralik - xizmatlar savdosini tartibga solish bilan bog'liq hamma ma'lumotlar, qonunlar, ma'muriy qoidalar va farmonlar nashr qilinishi kerak;

  • xizmatlar savdosi doirasida muzokaralar olib borish orkali sekin-asta liberallashtirish - bu soxa to'siqlarining bir qismi Urugvay raundida kamaytirilgan, qolgan qismini kelgusi muzokaralarda kamaytirish maqsad qilib olingan;

  • GATT va GATSga umumiy bulgan JSTning munozaralarni tartibga solish tizimi yordamida munozara va ixgilofli vaziyatlarii hal qilish.


Yüklə 468,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin