8.3. Xalqaro turizm Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o'ziga xos shakllaridan biri xalqaro safarlar hisoblanadi va ular milliy schetlar tizimida turizm deb ataladi. Ularning o'ziga xosligi shuvdaki, iste'molchi xorijga, xizmat ko'rsatuvchiga qarab harakatlanadi va norezident sifatida tovarlar (xizmatlar) sotib oladi.
Xalqaro safarlar —sayoxztchilar tomonidan xorijda sotib olina digan tovarlar va xizmatlar yig'indisi (sayohatchi xorijda bir yildan kam muddatda bo'lsa va norezident hisoblansa).
Sayohatchi - o'zi rezident hisoblanmaydigan mamlakatda bir yildan kam muddatda bo'lgan, boshqa mamlakatning davlat tashkiloti xizmatchisi yoki oila a'zosi bo'lmagan va rezident uchun yollanib ishlamayoggenlar kiradi.
Xalqaro iqgisodiy munosabatlarda sayohatchi borgan mamlakatida 24 soatdan ortik vakt bo'lsa turist xisoblanadi. Agar ular xorijda 24 soatdan kam bo'lishsa ekskursant xisoblanishadi.
Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda. Bugungi kunda turizm sanoati dunyoda eng ilg'or va serdaromad sohalardan biriga aylandi.Turizm sohasi rivojlanishining ilg'or xorij tajribasini keng qamrovli o'rganish va tahlil qilish zamonaviy milliy turizmni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ilg'or xorij mamlakatlarining tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, turizm sohasi rivojlanishining muvaffaqiyati to'g'ridan-to'g'ri davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga va davlat darjasida bu tarmoqqa qaratiladigan e'tiborga bog'liqdir.
Hozirgi kunda davlatlar tomonidan turizm tarmog'ining ahamiyati va rivojlanishiga katta e'tibor berilishini namoyon etish uchun 8.1-jadvalda sayyohlar oqimi bo'yicha 15 ta etakchi mamlakatlar reytingi berilgan.
8.1-jadval Sayyohlar oqimi bo'yicha yetakchi mamlakatlar reytingi