Tashqi savdo xarakteri mamlakatda biznesni boshlashga ta’sir qiluvchi omillardan biridir, shuningdek agar davlat qulay investitsion muhitni yaratishga harakat qilsa, u holda tashqi savdo siyosatini yengillashtirishi kerak. Jahon Moliya Tashkiloti har yili davlatlardagi iqtisodiy faoliyat olib borish imkoniyatlarini tahlil qiladi, bunda alohida o’rinda davlatning tashqi savdo siyosatidagi erkinlik darajasi tahlil qilinadi. Tashqi savdo siyosatidagi erkinlik darajasi rivojlangan davlatlarda rivojlanayotgan davlatlarga qaraganda yuqoriroq bo’lib, bu darajaga yetib kelishda rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlar tutayotgan yo’lni allaqachon bosib o’tgan.
Kurs ishimizning ikkinchi qismida aynan O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining tashkil qilinishini, uning hozirgi holatini va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi rolini tahlil qilamiz.