Aytaylik davlat o’zi uchun kerakli bo’lgan tashqi savdo siyosatini belgilab oldi, endi unga qanday erishish mumkin, bu uchun nima qilish kerak degan savolga javob topishimiz kerak. Bu albatta tashqi savdo instrumentlari bilan amalga oshiriladi. Davlatning tashqi savdo instrumentlari deganda uning tashqi savdoni boshqarishda qanday usul va vositalardan foydalanishi mumkinligini tushunishimiz kerak. Aytishimiz kerakki agar davlat qanchalik ochiq tashqi savdo siyosatini tanlasa, unda shunchalik instrumentlar soni va ta’sir darajasi kam bo’ladi. Quyidagi 1.1-jadval bizga bu vositalar bilan to’liq tanishib chiqishimizga yordam beradi.
Tashqi savdo instrumentlarini tahlil qilib shuni aytishimz mumkinki, bu instrumentlar ob’yekti eksport yoki import bo’ladi. Davlat ekspostga yo’naltirilgan tashqi savdo siyosatini olib borayotgan bo’lsa, bevosita eksportni rag’batlantiradi, bundan tashqari eksport tovarlari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xom-ashyo importiga to’siqlarni olib tashlaydi. Import o’rnini bosuvchi tashqi siyosat olib borilganda esa kirib kelayotgan tovarlar hajmini boshqarish uchun import cheklanishi, unga to’siqlar qo’yilishi mumkin. Bundan tashqari mamlakat ichida bu sohada ishlovchi korxonalar himoya qilinadi, ularga turli xil imtiyozlar beriladi.
1.1-jadval Tashqi savdoni boshqarish instrumentlari2
Tashqi savdo xarakteri davlat tashqi savdoni boshqarishda qaysi instrumentlardan foydalanishiga va ularning ta’sir darajasiga bog’liq bo’ladi. Unga ko’ra tashqi savdo siyosati xarakteri quyidagicha bo’lishi mumkin: