Tashqi savdo siyosati, uning O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyati


O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosati holati tahlili va uning natijalari



Yüklə 113,3 Kb.
səhifə8/13
tarix20.06.2023
ölçüsü113,3 Kb.
#133220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Usomonov Begmuhammad 14s 19 talabasi kurs ishi mavzu Tashqi savdo (1)

2.2. O’zbekiston Respublikasida tashqi savdo siyosati holati tahlili va uning natijalari


O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon faol tarzda tashqi savdo siyosatini olib boradi. Tashqi savdo siyosatini olib borishning huquqiy asoslarini ko’rib o’tdik, bu bo’limda esa tashqi savdo siyosati holati va undan kelib chiquvchi natijalarga alohida to’xtalamiz.
Mustaqillikning dastlabki yillarida biz O’zbekiston Respublikasi tomonidan liberallashgan tashqi savdo siyosati olib borilganini guvohi bo’lamiz, bu o’z navbatida hattoki istemol tovarlari importini kuchayishiga va bu bilan esa mamlakatning boshqa davlatlar oldida qaram bo’lib qolish muammosini yuzaga keltirdi. Shu sababli keyinchalik import tovarlari ustidan qattiq nazorat o’rnatildi. Dastlab bu nazorat valyuta kursi hamda uning konvertatsiyasi ustidan qattiq nazorat ko’rinishida amalga oshirildi, keyinchalik esa import turli xil tariflar bilan cheklana boshlandi.
Respublikamizda import qilinayotgan mahsulot va xizmatlardan tariflar O’zbekiston Respublikasining 1997-yil 27 aavgustda qabul qilingan “Bojxona boji to’g’risidagi” qonuniga muvoqiq undiriladi. Bu qonun 1998-yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan.
Jahon tajribasi bilan hamohang ravishda mamlakatimizda ham import qilinayotgan mahsulotlar uchun quyidagi tarif turlari qo’llaniladi:

  1. Advalor tariflar mahsulotning bojxona qiymatidan ma’lum bir foiz miqdorida undiriladi

  2. Mahsus tariflar, mahsulot birligiga ma’lum o’zgarmas miqdor sifatida to’lanadi

  3. Aralash tariflar, yuqoridagi ikki tarif yig’indisi ko’rinishidan iborat

Hozirgi kunda mahsulotlarga bojlar mahsulot bojxona narxining 0, 5, 10 yoki 30% miqdorida olinadi. Mahsulotning qanchalik ishlov berilganiga va uning tarkibidagi qo’shilgan qiymat miqdoriga muvofiq tariflar foizi o’zgaradi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2005-yil 19-sebtabrdagi №PP-183 qaroriga muvofiq tashqi savdoni liberallashtirish maqsadida bojxona tariflarining o’rtacha arifmetigi 15.4% dan 14,8% tushirildi, shuningdek o’rtacha vaznli tariflar 2.5% ni tashkil qildi va bu mamlakatning ochiq tashqi savdo siyosatiga ega mamlakatlar qatoridan joy olishiga muhim omil bo’lib xizmat qildi.
Tariflar mahsulotning qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligiga qarab ham o’zgarishi mumkin. Agar mahsulot O’zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama eng ko’p qulaylik haqida shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan bo’lsa, u holda tariflar qonunda ko’rsatilganidek ushlab qolinadi. Agarda mamlakatimiz bunday shartnoma tuzmagan davlatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yurtimiga kirib kelayotgan bo’lsa tariflar qonundagidan ikki marotaba yurori tarzda undirib olinadi.
Shuningdek erkin savdo zonasini tashkil qilish borasida davlatimizning boshqa davlatlar bilan shartnomalari bo’lsa, bu davlatlardan kirib kelayotgan mahsulotlarga tariflar qo’yilmaydi, yoki minimal darajagacha qisqartiriladi. Bunday davlatlar qatoriga Belorus Respublikasi, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Ukraina, Tojikiston hamda Ozarbayjon kiradi. Shuningdek davlatimiz 44 ta davlat bilan ikki tomonlama eng ko’p qulaylik rejimida savdo aloqalarini olib boradi.
Mahsulotning tayyorlik darajasiga qarab tariflar farqlanadi, masalan tayyor mahsulotlarga tariflar xom-ashyolarga qaraganda kattaroq olinadi. Xom-ahyoga tariflar darajasining pastligi yoki umuman yo’qligiga asosiy sabab, xom-ashyo ichki ishlab chiqarishni rag’batlantiradigan asosiy omillardan biridir.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997-yil 10 oktabrdagi №UP-1871 qaroriga binoan quyidagi tovarlarning respublikamizga importi qat’iy tarzda cheklanadi: mamlakatdagi davlat va jamiyat qurilishini buzishga qaratilgan, uning hududiy yaxlitligi hamda siyosiy mustaqilligini yo’qotishga qaratilgan, terrorizm, urush, zo’rlashga undovchi, ratsizm, diniy ko’rolmaslikni targ’ib qiluvchi har qanday kitoblar, gazeta-jurnallar, videolavhalar, rasmlar va boshqa materiallar importi cheklanadi, shuningdek 1998-yildan boshlab mamlakatimizga etil spirtini import qilish ham Vazirlar mahkamasi qarori bilan cheklangan.
Shuningdek mamlakatimizda kvotalash o’rnatilmaydi, ammo bir qancha tovarlar bundan mustasno, masalan 2005-2030 yillarda mamlakatimizga ozon qatlamini yemiruvchi mahsulotlar importi qat’iy kvotalangan.
“Bojxona boji to’g’risida”gi qonunning 33-moddasida, hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi “O’zbekiston Resppublikasi tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar“ nomli qaroriga muvofiq mamlakatimizga kirib kelayotgan bir qancha mahsulotlar, texnik vositalarga import bojlari qo’yilmaydi. Bu tovarlarga umumiy tarzda quyidagicha xarakteristika berishimiz mumkin: birinchi navbatta ichki ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasi erkin savdo shartnomasi tuzgan davlatlardan kirib kelayotgan, davlat maqsadlarida ishlatiladigan, boshqa mamlakatlarning diplomatik vakillari, elchilari o’zlari bilan olib kelayotgan mahsulotlarga shuningdek to’g’ri maqsadlarda foydalanish uchun olib kirilayotgan har qanday valyutaga tariflar qo’yilmaydi.
Shuningdek bunday mahsulotlar tarkibiga to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar, ijtimoiy yordam sifatida kirib kelayotgan pul va har qanday mahsulotlar, sog’liqni saqlash, ta’lim sistemasiga ajratilayotgan buyum va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Shuningdek kichik biznesni qo’llab quvvatlash maqsadida ishlab chiqaruvhilar tomonidan import qilinayotgan xom-ashyo tariflardan ozod qilinadi.
MAMLAKATIMIZDA IMPORTNI NAZORAT QILISH TARIFLARDAN TASHQARI QUYIDAGI USULLARDA AMALGA OSHIRILADI:
ЖАДВАЛ НОМИНИ, МАНБАСИНИ ВА РАКАМИНИ КУЙИНГ!!!!!!

Nomi

Huquqiy Asosi

Mohiyati

Qo’llanilishi

Bojxona yig’imlari ko’rinishida

Bojxona kodeksiga asosan

Bojxona xizmatlarini tashkil qilinishi uchun olinadi

Bojxonada mahsulotlarni oformleniya qilish, uni bojxona omborlarida saqlash va boshqa xizmatlar uchun olinadi

Qo’shilgan qiymat solig’i yordamida

Soliq kodeksiga asosan

Kirib kelayotgan mahsulot narxiga qonunda o’rnatilgan miqdorda soliq qo’yiladi

Mahsulot bojxona narxining 20% miqdorida o’rnatiladi. Qonunda ko’rdatilgan mahsulot va boshqa vositalar qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinishi mumkin

Aksiz soliqlari yordamida

Soliq kodeksiga asosan

Ayrim tovarlarga nisbatan qo’shimcha soliq turidir (spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, va hokazo)

Mahsulotlarning bojxona oformleniyasidan oldin olib qolinadi. Soliq solinadigan ba’za sifatida mahsulotlarning bojxona narxi qabul qilinadi. Hozirgi kunda mahsulotlarga o’rtacha aksiz solig’I mahsulot narxining 39% ni tashkil qilmoqda. Aksiz solig’I daromadlar qayta taqsimlanishida muhim ro’ o’ynaydi

Antidemping siyosati yordamida

Antidemping va kompensatsion bojlarga qarshi qonunga muvofiq

Nomukammal raqobat shakllanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, mahsulot narxlarining ataylab tushirilishiga qarshi chora tadbirlar

Mahsulot narlarining eksport qilayotgan davlat ichki bozordagi narxlardan past bo’lgan taqdirda qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad ichki ishlab chiqaruvchilarni hamda davlat manfaatlarini himoya qilishdir

Kompensatsion bojlar yordamida

Antidemping va kompensatsion bojlarga qarshi qonunga muvofiq

Nomukammal raqobat shakllanishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida qo’llaniladi.

Mahsulot ishlab chiqarishda yoki uni tashishda eksport qilayotgan davlatning subsidiyalari bo’lsa va bunday mahsulotning to’g’ridan-to’g’ri importi ichki iqtisodiyotga katta zarar keltirsa, kompensatsion bojlar qo’llaniladi.

Mahsulot kirib kelishidan oldin nazorat

Vazirlar mahkamasining 1997-yil 3 dekabrdagi №534 qaroriga asosan

.sifatsiz hamda milliy manfaatlarimizga mos kelmaydigan mahsulotlar importini cheklaydi.

Kirib kelayotgan mahsulotlarning sifatini, ichki manfaatlarga mos kelishini aniqlash maqsadida qo’llaniladi

Mamlakatimizga kirib kelayotgan mahsulot va xizmatlar xajmi faqatgina tariflarga bog’liq emas ekan, bundan tashqari yuqoridagi jadvaldagi omillar ham import qilinayotgan mahsulotlar narxi oshishiga shuningdek ularni kirib kelishi qiyinlashishiga ta’sir qiladi. Mamlakatimiz byudjeti tarkibida importdan tushadigan mab’lag’larning importga nisbati ancha katta. Bu esa importga cheklovlar darajasi ancha baland ekanini bildiradi. Bu o’z navbatida eksportni sekinlashishiga ham olib kelishi mumkin.
Mamlakatimizda eksportni qo’llab quvvatlashga qaratilgan siyosat olib borilmoqda, bu siyosat haqida to’xtalishdan avval esa eksport operatsiyalarini tashkil qilish asoslari haqida to’xtalib o’tamiz:
Birinchi navbatda eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun litsenziya berish tartibi bilan to’xtalib o’tamiz. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi №UP-1871 sonli qaroriga asosan eksport operatsiyalariga litsenziya berish bekor qilingan. Ayrim davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar bundan mustasno bo’lib ularga alohida litsenziya olish talab qilinadi. Bunday mahsulotlar tarkibiga harbiy qurollar, ularning ehtiyot qismlari, qimmatbaho toshlar, ulardan ishlangan buyumlar, uran va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Shuningdek ushbu qarorda mamlakatimiz hududidan eksport qilish cheklangan mahsulotlar ro’yhati ham joy olgan. Bunday mahsulotlar tarkibiga asosan quyidagilar kiradi: bug’doy, makkajo’xori, guruch mahsulotlari hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlar, un, yirik va mayda shoxli mollar va ularning go’sht mahsulotlari, charmli terilar va hokazo. Bundan asosiy maqsad shundan iboratki bu mahsulotlar birinchi navbatda mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha mustaqilligini ta’minlasa yana ayrimlari ishlab chiqarishda bevosita ishlatilishi mumkin bo’lgan mahsulotlardir.
Shuningdek olib chiqib ketilayotgan tovarlarning minimal hajmi va summasi o’rnatilmagan. Olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarga qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz soliqlarini solish hamda mahsulotlarning bojxona narxini aniqlash qonun bilan asoslab qo’yilgan.
Tashqi savdo siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan yana biri shundan iboratki, ekportga tayyor mahsulotlarni olib chiqish, ular turini diversifikatsiya qilish, bu borada ichki ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish, ularga berilayotgan ssuda foizlarini kamaytirish, soliq imtiyozlari berishdan iboratdir. Bu bilan esa ichki mahsulotlar tannarxini kamaytirish, ularning sifatini oshirish bir so’z bilan aytganda esa jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar bilan chiqishdan iboratdir. Mahsulot turini diversifikatsiya qilish o’z navbatida ma’lum bir mahsulotlarga qaram bo’lib qolmaslikni, shuningdek ichki iqtisodiyotda juda ko’p tarmoqlar rivojiga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz tashqi savdoni rag’batlantirish, jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama shartnomalar imzolash, eksport hamda tashqi savdo geografiyasini o’zgartirish bo’yicha ham faol tashqi siyosat olib bormoqda.
Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tashqi savdo siyosati natijalari haqida to’xtalamiz va uning tashqi siyosatimiz bilan aloqadorligi to’g’risida mantiqiy xulosalar berishga harakat qilamiz.
Ushbu ishimiz mobaynida tashqi savdo siyosati natijalarini uch xil yo’nalish bo’yicha tahlil qilishga urinib ko’ramiz:

      1. tashqi savdo hajmi va uning tarkibi o’zgarishi

      2. eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibining o’zgarishi

      3. tashqi savdo geografiyasining o’zgarishi

Tashqi savdo dinamikasi mamlakatda olib borilayotgan tashqi savdo siyosatining natijasi hisoblanadi. Ishimiz davomida mustaqillik yillarida qayd etilgan eksport hamda import hajmining o’sishi, tashqi savdo balansi qoldig’ini tahlil qilamiz.
Ushbu diagramma 2003-2007-yillarda tashqi savdo dinamikasi o’zgarishini ko’rsatib beradi. Unga ko’ra bu yillar davomida eksport hamda import hajmi juda katta sur’atlar bilan o’sdi, eksport o’sish sur’atlari importnikiga qaraganda tezroq bo’ldi, natijada mamlakatda to’lov balansi profitsitga ega bo’ldi, bu o’z navbatida mamlakatning oltin-valyuta zahiralari oshishiga hamda tashqi qarzlar miqdorining kamayishiga asos yaratdi.

Yüklə 113,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin